Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ochilboy Ramatov boshchiligidagi komissiya Jizzaxda 6 qavatli uyning qulashi sabablarini o‘rganadi
Jizzaxda ko‘p qavatli uyning qulab tushishi sabablarini o‘rganish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi. Komissiyaga bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov rahbarlik qiladi.

Foto: KUN.UZ
Jizzax shahrida qurilishi tugamay turib, 10 yanvar kuni qulab tushgan 6 qavatli uyni «Chorvador-Qorako‘l-Baraka» MChJ qurayotgan bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston hukumati tarqatgan bayonotda ma'lum qilindi.
Xabar qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov rahbarligida hukumat komissiyasi tuzilgan.
Komissiya tarkibiga prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, boshqa vazirliklar, idoralar, ekspertlar va loyiha tashkilotlari kiritilgan.
Komissiya zimmasiga 6 qavatli uyning qulab tushish sabablari, bunga omil bo‘lgan holatlar, loyiha hamda pudratchi tashkilot tomonidan uyning barpo etilishi davrida shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etilgani, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha amaldagi normativ-me'yoriy huquqiy hujjatlarni o‘rganib chiqib, taklif kiritish vazifasi yuklatilgan.
Hukumat komissiyasi 10 yanvardan o‘z ishini boshlagan.
- 10 yanvar kuni soat 17:10da Jizzax shahridagi «Zilol» mahallasi Mustaqillik ko‘chasida yangidan qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan biri kutilmaganda, hech bir tabiiy ofat ta'sirisiz qulab tushdi.
- Rasmiy ma'lumotga ko‘ra, jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
- Foydalanishga topshirilmagan bino 6 qavatli bo‘lib, xususiy tadbirkor tomonidan ustki 4 qavati turar joy, dastlabki 2 qavati noturar joy sifatida qurilayotgan bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Yakkasaroy tumanidagi yong‘inda yettita archa daraxti yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:11
-
Porscheʼning avtobiznesdan foydasi ikkinchi chorakda 91 foizga kamaydi
Avto | 15:07
-
Bitiruvchilarni texnikumga qabul qilish muddati 10 avgustga qadar uzaytirildi
Ta’lim | 14:55
Mavzuga oid

11:00 / 22.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi

16:35 / 11.07.2025
Jizzaxda hakerlar fuqaroning bankka qo‘ygan katta miqdordagi omonatini o‘g‘irladi

19:58 / 07.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot bilan tanishdi

18:45 / 30.06.2025