Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda fan olimpiadasiga ketayotgan o‘qituvchi va o‘quvchi avariyaga uchrab, vafot etdi
5 yanvar kuni Navoiy shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasining viloyat bosqichi boshlandi. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Nurota tumanidan mazkur olimpiadaga ikki o‘quvchi va ikki o‘qituvchini olib kelayotgan «Nexia» avtomashinasi yo‘lda avariyaga uchragan.
Ular, Nurota tumani xalq ta'limi bo‘limi mudiri Bayramali Bobonazarovning ma'lum qilishicha, tumandagi 2-maktabning o‘qituvchi va o‘quvchilari bo‘lgan.
Mashina «Qoraqarg‘a» dovonidan o‘tayotganda yo‘ldan chiqib ketgan. Oqibatda bir nafar o‘qituvchi va bir nafar o‘quvchi voqea joyida vafot etgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hodisaga haydovchi tezlikni oshirgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid

21:17 / 03.07.2025
Navoiyda voyaga yetmagan qizlar ishtirokida janjal sodir bo‘ldi

19:27 / 01.07.2025
Surxondaryoda Bobotog‘ kanaliga suv chiqaruvchi quvur yorilib ketdi

00:00 / 10.06.2025
Navoiy viloyati uchun Xitoydan 60 ta avtobus olib kelindi

09:47 / 17.05.2025