Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jasur Umirov ustidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudga oshirildi
Tergov davomida ayblanuvchining aybi dalillar asosida to‘liq tasdiqlandi, deya bayonot berdi Samarqand viloyat prokuraturasi.

Voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda ayblanayotgan xonanda Jasur Umirov ustidan tergov yakunlanib, jinoyat ishi 5 yanvar kuni sudga oshirildi.
Jinoiy ish 2020 yil 9 oktabr kuni qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi 21 dekabrda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan edi.
Samarqand viloyati prokuraturasi xabariga ko‘ra, tergov davomida ayblanuvchining aybi maqbul dalillar bilan to‘liq tasdiqlangan.
Shu sababli Jasur Umirov JKning 118-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayblanib, ish ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudiga yuborilgan.
Ushbu ayblov (shaxsning 18 yoshga to‘lmaganini bila turib nomusga tegish) sudda tasdiqlangan taqdirda, xonanda 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Shu bilan birga, shu ish doirasida fuqaro A.Z. va Sh.Q.larga JKning 241-moddasi 2-qismi (Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni oldindan va'da bermasdan yashirish) va boshqa moddalari bilan ayblov e'lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, voqea 2020 yil iyunida Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida ro‘y bergan. Holat Kun.uz'da yoritilgunga qadar tuman IIB mazkur holatda jinoyat alomatlari bo‘lmagan, deb topib, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etgandi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moskvadagi oliy maktab talabalariga o‘qishni boshqa oliygohlarga ko‘chirish taklif qilindi
Jahon | 07:42
-
Qozog‘iston O‘zbekistonda kasbga o‘qitish innovatsion markazini ochadi
O‘zbekiston | 07:40
-
YeI-Xitoy sammiti: Bryussel Pekinni Rossiyaga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi
Jahon | 07:31
-
O‘zbekistonga shu yilning yanvar-may oylarida 4,2 mln xorijiy sayyoh keldi
Turizm | 07:30
Mavzuga oid

19:06 / 10.06.2021
Xonanda Jasur Umirovga tayinlangan jazo boshqasiga almashtirildi

11:24 / 22.04.2021
Qo‘shiqchi Jasur Umirovga jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etgan IIB xodimlari jazolandi

21:28 / 03.02.2021
Jasur Umirov ishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etgan tergovchi harakatlari prokuratura tomonidan o‘rganilmoqda

19:28 / 02.02.2021