Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Masdar kompaniyasi O‘zbekistonda ilk quyosh elektr stansiyasini qurish uchun bitimlar imzoladi
Joriy yilning 22 dekabr kuni O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida videokonferensiya shaklida Navoiy viloyatida quyosh elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida qiymati 100 mln dollardan ortiq kredit bitimini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unga ko‘ra, BAAning Masdar kompaniyasi Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banklaridan qarz olib loyihani amalga oshiradi.
Masdar quyosh elektr stansiyasini qurish va undan foydalanish uchun xorijiy investorni tanlash bo‘yicha O‘zbekiston tarixida birinchi marta o‘tkazilgan kimoshdi savdosining g‘olibi bo‘ldi. Masdar kompaniyasi bir kVt.s uchun 2,67 AQSh senti miqdorida dunyoda eng past tariflardan birini taklif qildi. 2019 yilning noyabrida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan imzolangan investitsiyaviy bitimga ko‘ra, kompaniya o‘z zimmasiga quyosh elektr stansiyasini loyihalash, moliyalashtirish, qurish hamda 25 yil davomida undan foydalanish bo‘yicha majburiyatlarni olgan.
Quyosh elektr stansiyasi 2021 yilning avgust oyida ishga tushiriladi. Loyiha O‘zbekiston hukumatining mamlakat energiya balansini diversifikatsiya qilish, jumladan, 2030 yilga borib respublikada quyosh energetikasi inshootlari umumiy quvvatini 5 GVt.ga yetkazishga yo‘naltirilgan dasturning bir qismidir.
Masdar kompaniyasi loyihaga 100 mln dollardan ortiq miqdorda to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar kiritadi va qurilish bosqichida 150ta ish o‘rni yaratadi, quyosh elektr stansiyasining ishga tushirilishi esa yiliga 260 mln kVt.s miqdorida elektr energiyasini ishlab chiqarishni ta'minlaydi.
Qayta tiklanadigan energiya manbalarining joriy etilishi elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan tabiiy gaz hajmini kamaytirishga (yiliga 175 mln kub metrgacha), shuningdek, atmosferaga chiqariladigan karbonat angidrid chiqindilarini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi (yiliga 1,1 mln tonnagacha).
Tavsiya etamiz
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada migrantlarning farzandlarini pullik o‘qitish to‘g‘risidagi qonun loyihasi tayyorlandi
Jahon | 14:15
-
Toshkentning Bektemir tumanidagi ko‘pqavatli uyda yong‘in yuz berdi
Jamiyat | 14:06
-
YeI Alyaskadagi sammit oldidan Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi bayonot qabul qildi
Jahon | 13:45
-
Uysizlarni haydayotgan Tramp, G‘azoda halok bo‘lgan jurnalistlar va Ozarboyjonning Ukrainaga yordami – kun dayjesti
Jahon | 13:43
Mavzuga oid

20:07 / 07.08.2025
Navoiyda investorlar 8 ta konga 566 million dollar sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi

16:21 / 28.07.2025
“Iqtisodni xalq salomatligidan ustun qo‘yishmasin” – zaharlanayotgan navoiyliklar haqida suhbat

11:23 / 25.07.2025
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi

21:17 / 03.07.2025