Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Hirotdagi Alisher Navoiy maqbarasini ta'mirlashda ko‘maklashadi
14-16 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Abdug‘affor Qirg‘izboyev rahbarligidagi delegatsiyaning Afg‘oniston Islom Respublikasiga tashrifi amalga oshirildi.

“Dunyo” AAning xabar berishicha, Afg‘oniston axborot va madaniyat vaziri vazifasini bajaruvchi Tohir Zuhayr O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev bilan birgalikda Qobuldagi Zahiriddin Muhammad Bobur bog‘-muzeyiga tashrif buyurgan.
O‘zbekiston delegatsiyasi a'zolarining Bobur bog‘-muzeyiga tashrifi davomida ularga Afg‘oniston rasmiy vakillari hamrohlik qilgan. Suhbat davomida asosiy diqqat-eʼtibor madaniy sohada ikki tomonlama hamkorlik aloqalari istiqbollariga qaratildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston delegatsiyasi o‘zaro madaniy aloqalarni rivojlantirish va Alisher Navoiy maqbarasini ta'mirlash ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Hirot shahrida bo‘lgani ham xabar qilingan.
O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari mamlakatimiz Alisher Navoiy maqbarasini ta'mirlash va uning atrofini obodonlashtirish bo‘yicha Afg‘onistonning mutasaddi tashkilotlari bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan. Shu o‘rinda 2021 yil Alisher Navoiyning 580 yillik yubileyi O‘zbekistonda keng miqyosda nishonlanishi ma'lum qilingan.
Shuningdek, Afg‘oniston tarixiy obidalarni qayta tiklash, xususan, Islom davri obidalarini ta'mirlashda O‘zbekiston bilan hamkorlik o‘rnatishga qiziqish bildirgani ham ta'kidlangan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
6 oyda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holati yuzasidan 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
O‘zbekiston | 13:39
-
Pasport qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori o‘zgardi
O‘zbekiston | 13:24
-
Toshkentda kapotida baliqlar bilan kontent olgan haydovchi jarimaga tortildi
Jamiyat | 13:11
-
Yo‘l harakatiga oid ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi bo‘yicha yo‘riqnoma tasdiqlanadi
O‘zbekiston | 12:22
Mavzuga oid

17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi

13:30 / 11.02.2025
40 xonali katta bino – Navoiy tug‘ilgan kunda uning muzeyiga borish nega noqulay?

14:10 / 08.02.2025
Navoiyda Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan xalqaro simpozium bo‘lib o‘tmoqda

12:09 / 16.09.2024