Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi
Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachi vazifasida ishlab kelgan Salohiddin G‘ulomjonovich Yusupov viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.
Salohiddin Yusupov o‘z faoliyati davomida Andijon viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh vrachi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari kabi lavozimlarda ham faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid

15:16
Andijon viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi

16:16 / 15.03.2025
Andijon xalqaro aeroportida aerodrom rekonstruksiyasining 1-bosqichi yakunlandi

10:22 / 14.03.2025
Farg‘ona, Namangan va Andijonda korrupsiya bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

20:13 / 13.03.2025