Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroilning “Mossad” razvedkasiga yangi rahbar tayinlandi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroilning “Mossad” razvedkasiga yangi rahbar tayinladi. Ushbu lavozimni razvedkaning amaldagi rahbari o‘rinbosari egallaydi. Bu haqda bosh vazir devonxonasida ma'lum qilingan.

Foto: Reuters
Biroq xabarda “Mossad”ning yangi rahbari ismi keltirilmay, u “D” deb belgilangan.
“Bugun (15 dekabrda) bosh vazir Binyamin Netanyaxu “Mossad” direktori o‘rinbosari D.ni razvedka xizmatining keyingi direktori etib tayinlashga qaror qildi. D. “Mossad”ning tajribali faxriysi hisoblanadi”, deyilgan xabarda.
Bosh vazir devonxonasida ta'kidlanishicha, ushbu tayinlov ayni vaqtda oliy davlat lavozimlariga tasdiqlash bo‘yicha davlat komissiyasida ko‘rib chiqilmoqda.
“Mossad”ning amaldagi rahbari Yosi Koen ushbu lavozimga 2015 yil dekabrda Netanyaxu tomonidan tayinlangandi va 2016 yil yanvarda razvedkaga 5 yil rahbarlik qilgan Tamir Pardo o‘rnini egallagandi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namanganda ikki o‘smir kanalda cho‘kib ketdi
O‘zbekiston | 15:15
-
YeK: Kiyev korrupsiyaga qarshi organlar mustaqilligini saqlashi kerak
Jahon | 15:12
-
Sheremetevoda yana kollaps yuzaga keldi. 50 ga yaqin reys bekor qilingan
Jahon | 14:52
-
Xitoy O‘zbekistondagi universitetga salkam 2 mln dollarlik ta’lim granti ajratdi
Ta’lim | 14:48
Mavzuga oid

09:37
G‘azoning ayrim hududlarida harbiy harakatlar har kuni 10 soatga to‘xtatiladi

21:32 / 27.07.2025
Britaniya tashqi ishlar vaziri G‘azoda gumanitar tanaffus e’lon qilinishini “kech tashlangan qadam” deb atadi

14:03 / 27.07.2025
Isroilning G‘azodagi Gumanitar fondi sobiq qo‘riqchisi harbiy jinoyatlarga guvoh bo‘lganini so‘zlab berdi

07:36 / 25.07.2025