Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘chma savdoni amalga oshirish bo‘yicha yangi tartib tasdiqlanadi
Umumiy ovqatlanish korxonalarining mavsumiy kafelari hamda ko‘chma savdo faoliyatini amalga oshirish tartibini tasdiqlash maqsad qilingan.

Foto: Taylor Weidman/Bloomberg
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy ovqatlanish korxonalarining mavsumiy kafelari ishlashi, shuningdek, ko‘chma savdoni amalga oshirish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilishicha, prezidentning “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta'sirini kamaytirish uchun aholi, tadbirkorlik sub'yektlari, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 20 iyuldagi PF–6029-son farmoniga muvofiq, 2021 yil 1 iyulga qadar Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy sayti va mobil ilovalar orqali ko‘chma savdoni boshlash to‘g‘risida elektron xabarnomalarni bepul qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan.
2021 yil 1 iyuldan boshlab shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:
ko‘chma savdo tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan ko‘chma savdo obektlarini elektron tarzda “K – SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
ko‘chma savdo joyi joylashish sxemalari doirasida “K – SAVDO” AAT orqali elektron auksionda sotiladi.
Davlat soliq qo‘mitasi ko‘chma savdoni amalga oshirish tartibi ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilanadi.
Quyidagilar:
umumiy ovqatlanish korxonalarining mavsumiy kafelari ishlashi, shuningdek, ko‘chma savdoni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
“K – SAVDO” AATga ulanadigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar ro‘yxati;
ko‘chma savdo faoliyatini tartibga solish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.
Davlat soliq qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 fevralga qadar quyidagilarga imkon beruvchi “K – SAVDO” AATni ishga tushiradi:
ko‘chma savdo obektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun buyurtma berish;
aholi punktining interaktiv xaritasiga kiritilgan ko‘chma savdo joylarining sxemalariga muvofiq elektron auksionlarni amalga oshirish;
ro‘yxatga olish uchun to‘lovlarni amalga oshirish, shuningdek pul mablag‘larini qaytarish;
tadbirkorlik sub'yektlariga real vaqt rejimida ko‘chma savdo obekti ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi QR-kod qo‘yilgan holda ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi elektron hujjat yuborish;
vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga ko‘chma savdo obektlari to‘g‘risida ma'lumot yuborish;
ko‘chma savdo joylashish sxemasida mavjud bo‘sh turgan va band bo‘lgan ko‘chma savdo joylari to‘g‘risida ma'lumot olish;
ko‘chma savdo obektlari reyestrini yuritish.
Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi “K – SAVDO” AATni ishlab chiqish, joriy etish va texnik qo‘llab-quvvatlashni moliyalashtirish manbai etib belgilanadi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

22:29 / 17.01.2025
Jizzaxda kafeda sodir bo‘lgan janjal yuzasidan ma’lumot berildi

12:48 / 21.10.2024
“700 ga yaqin umumiy ovqatlanish korxonalarining 75 foizida taomnoma o‘zbek tilida emas” – Raqobat qo‘mitasi

17:27 / 22.06.2024
“Soliq yuki 27 foizni tashkil etyapti” - Murod Muhammadjonov kafe va restoranlarga oid qator takliflar berdi

12:23 / 13.01.2024