Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Termizda O‘zbekiston va Afg‘oniston hamshiralari uchun malaka oshirish markazlari ochiladi
2021 yilning ikkinchi yarmida Termizda o‘zbekistonlik va afg‘onistonlik hamshiralarni o‘qitish va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazi ochiladi. Shuningdek, Germaniya tomonidan xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi rolini kuchaytirish uchun 10 mln. yevro ajratiladi.

Foto: Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati
Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva va Germaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Gyunter Leo Overfeld o‘rtasidagi uchrashuvda ma'lumot berildi.
“Germaniya O‘zbekistonning muhim hamkori hisoblanadi. Koronavirus pandemiyasiga qaramay, ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy-madaniy munosabatlar yo‘lga qo‘yildi. Parlamentlararo munosabatlar ham rivojlanmoqda, biroq imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayapti. Barcha yo‘nalishlarda xalqaro shartnomalarni tezroq ratifikatsiya qilishda muhim rol o‘ynaydigan aloqalarni mustahkamlash zarur”, – deydi Oliy Majlis Senati raisi.
Germaniya elchisining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati tomonidan paxta yig‘im-terimida va umuman inson huquqlarini ta'minlash sohasida majburiy mehnatga barham berish borasida muhim qadamlar tashlanmoqda.
Xabarga ko‘ra, Germaniya hamkorlik doirasida pandemiya sharoitida sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarni rivojlantirishga 180 mln. yevro ikki yilga ajratgan. 2021 yilning ikkinchi yarmida Termizda O‘zbekiston va Afg‘oniston hamshiralarini o‘qitish va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazini ochish rejalashtirilgan. Shuningdek, navbatdagi loyiha doirasida davlat boshqaruvi, shu jumladan, xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi rolini kuchaytirish uchun 10 mln. yevro ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
877 ot kuchi, muzlatkich va lidar. Yangilangan Tank 500 savdolari boshlandi
Avto | 12:07
-
Rossiyada million yuk tashuvchi, haydovchi va omborchi tanqisligi yuzaga keldi
Jahon | 11:39
-
Tramp Putinni Ukraina bo‘yicha muzokaralarga majburladi – Hegset
Jahon | 11:24
-
Apple 20 yillik yubileyga shisha iPhone chiqaradi
Fan-texnika | 11:12
Mavzuga oid

21:43 / 11.08.2025
O‘zbekistonga sayyohlar kelishi bo‘yicha Rossiya yetakchi bo‘ldi

18:31 / 08.08.2025
Malaka oshirish istagidagi shaxslarga «kasb vaucheri» beriladi

14:43 / 08.08.2025
Afg‘oniston O‘zbekiston savdo uylarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi

08:43 / 05.08.2025