Halabdagi portlash sabab 15 kishi halok bo‘lgani aytildi

Foto: Hişam el Homsi/AA
«Frot Qalqoni» harakati tomonidan terrorchilardan ozod etilgan Suriya shimolidagi Al Bob shahri markazida avtomobilga joylashtirilgan bomba portlatilgan. Terakt oqibatida 5 kishi vafot etgan, 18 kishi yaralangan. Ba'zi manbalarga ko‘ra, terakt 15 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan.
Voqea joyiga yetib borgan o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirgan, yaradorlar esa Bobdagi kasalxonalarga jo‘natilgan. Portlashdan so‘ng, atrof-muhitga zarar yetib, ko‘plab transport vositalari yaroqsiz holatga kelgan. Terakt Halab shimolida, Turkiya bilan chegara yaqinida amalga oshirilgan.
Voqea joyida tergov o‘tkazgan mahalliy xavfsizlik kuchlari hujumni Turkiya tomonidan amalga oshirilganini ta'kidlamoqda. Turkiya tomoni esa terroristik tashkilot deb ataydigan Milliy mudofaa otryadi tez-tez Al Bob, Azaz, Jarablus va Afrin hududlarida terroristik hujumlarini uyushtirishini aytib keladi. Turkiya Milliy mudofaa otryadini o‘zi terrorchi tashkilot deb ataydigan Kurdiston ishchi partiyasi bilan aloqador deb hisoblaydi.
Mavzuga oid

21:40 / 11.03.2025
Suriya hukumati alaviylar isyonini bostirdi

10:07 / 11.03.2025
Suriyaning yangi hukumati kurdlar bilan kelishuv imzoladi

17:50 / 10.03.2025
Suriyada alaviylar qirg‘ini: ash-Shar’a aybdorlarni jazolashga va’da bermoqda

16:19 / 09.03.2025