O‘zbekistonga Xitoydan 34 mln dollarlik yengil avtomobil shinasi olib kirildi
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2020 yilning dastlabki 9 oyida xorijdan qiymati 50,6 mln dollarga teng bo‘lgan 2,4 mln dona shina sotib olgan.

Foto: iStock
Qo‘mita xabarida aytilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 320,2 ming donaga yoki 8,6 mln dollarga kam.
O‘zbekistonga yengil avtomobil shinasi asosan Xitoy davlatidan (34,4 mln dollar) olib kirilgan.
O‘tgan 9 oy mobaynida O‘zbekiston yengil avtomobil shinasi eng ko‘p import qilgan davlatlar:
- Xitoy – 34,8 mln;
- Chexiya – 8,7 mln;
- Koreya Respublikasi – 5,3 mln;
- Rossiya Federatsiyasi – 1,0 mln;
- Turkiya – 0,5 mln dollar.
Joriy yilda yengil avtomobil shinasi importi asosan, Andijon viloyati (36,9 mln), Toshkent shahri (7,3 mln) hamda Samarqand viloyati (4,4 mln dollar) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid

15:39
Xitoy AQSh qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bojlar joriy qildi

12:02
Bosh vazir matbuot kotibi O‘zbekistonda «xitoyliklar ko‘payib ketayotgani» haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

22:37 / 10.03.2025
Chirchiqda sobiq texnikum binosi buzilib, o‘rnida Xitoy OTM filiali quriladi

11:53 / 10.03.2025