Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Oltin davr» xalqaro musiqa yarmarkasi tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining «Oltin davr» xalqaro musiqa yarmarkasini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori qabul qilindi.
Norma’ning yozishicha, «Oltin davr» xalqaro musiqa yarmarkasi 2021 yildan boshlab mamlakatda o‘tkazib kelinayotgan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali, Xalqaro maqom san'ati anjumani, Xalqaro baxshichilik san'ati festivali hamda kelgusida tashkil etiladigan boshqa musiqa anjumanlari va festivallari doirasida o‘tkaziladi.
Yarmarkani tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi.
Madaniyat vazirligiga Yarmarkani tashkil etish va o‘tkazish doirasida quyidagi vazifalar topshirildi:
tashkilotchi sifatida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda barcha tashkiliy va ijodiy ishlarni muvofiqlashtirib borish;
yarmarkada qatnashish istagini bildirgan ishtirokchilar, xorijdan taklif etiladigan mutaxassislar, san'atkorlar va san'atshunoslarning ro‘yxatini shakllantirish hamda ularni yarmarkaga jalb etish;
yarmarkani zamonaviy texnologiyalardan keng foydalangan holda yuqori badiiy saviyada o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Qaror bilan Xalqaro musiqa yarmarkasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unda ta'kidlanishicha, yarmarka O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash va soha bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zbek milliy musiqa san'atining noyob durdonalarini dunyo miqyosida yanada keng targ‘ib etish maqsadida o‘tkaziladi.
Nizomda yarmarkani moliyalashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Taklif etilganlardan farqli o‘laroq, xorijiy ishtirokchilar kelib-ketish, ovqatlanish va yashash xarajatlarini o‘zlari qoplaydilar. Mahalliy ishtirokchilarning xarajatlari tashkilotchi tomonidan qoplanadi.
Hujjat 7.11.2020 yildan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada sudlangan general Ivan Popov orden bilan taqdirlandi
Jahon | 15:28
-
Anqaradan Toshkentga malakali o‘qituvchilar jalb etiladi
O‘zbekiston | 15:09
-
Farg‘onada ommaviy bezorilik uyushtirgan Otabek Vallomov 6,5 yilga qamaldi
O‘zbekiston | 15:01
-
Xitoy O‘zbekiston hududida data markazlar qurishi mumkin
O‘zbekiston | 14:26
Mavzuga oid

09:40 / 31.10.2024
Toshkentda "Ipak yo‘lida turizm" xalqaro sayyohlik yarmarkasi o‘tkaziladi

16:07 / 17.05.2024
Toshkentdagi mehmonxonada kechasi baland ovozda musiqa qo‘ygan xorijlik 15 sutkaga qamaldi

07:50 / 16.03.2024
Toshkentdagi 11 ta bozorda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari ish boshladi

09:43 / 04.03.2024