Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yilgi «Oskar» mukofotiga O‘zbekistondan ilgari suriladigan filmlar short-listi e'lon qilindi
Dunyoning eng nufuzli kinomukofoti – «Oskar–2021»ning «Eng yaxshi xalqaro badiiy film» nominatsiyasiga O‘zbekiston nomidan taqdim etilishi mumkin bo‘lgan uchta film nomi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda kinorejissyor Jahongir Ahmedov feysbuk sahifasida xabar qilgan.

Foto: Reuters
«Tanlovga rejissyor Jahongir Qosimovning «Ibrat», Ayub Shahobiddinovning «Rangsiz tushlar» va Yolqin To‘ychiyevning «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmlaridan biri ilgari surilishi kutilmoqda», – deb yozdi u.
Ma'lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi 2021 yilning 25 aprel kuni Los Anjyeles shahrining «Dolby» teatrida bo‘lib o‘tadigan marosim tanlovida qatnashish uchun munosib nomzod bo‘yicha so‘nggi qarorini shu yilning 20 noyabr kuni e'lon qiladi.
Rejissyorga ko‘ra, hozirda O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi yangi tarkibdagi a'zolarini tasdiqlagan.
Qo‘mita raisi sifatida «O‘zbekkino» milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduholiqov tayinlangan.
«Qo‘mita a'zolari tarkibidan Zulfiqor Musoqov, Matyoqub Matchonov, Bahodir Odilov, Hamidulla Hasanov, Eljon Abbasov, Nigora Karimova, Jahongir Ahmedov, Mannop Qo‘chqorov, Aziz Arziqulov, Umid Hamdamov, Bahtiyor Yoqubov, Farruh To‘laganov, Eldor Yuldashev, Igor Pinxasov hamda prodyuser va qo‘mita koordinatori Oybek Abdushukurov o‘rin olgan.
«Oskar reglamentiga muvofiq, mukofotga nomzod filmlarga taqdimot bo‘lgunga qadar televideniye va internet tarmog‘ida namoyish etilmagan bo‘lishi talab qilinadi», – deya eslatadi Jahongir Ahmedov o‘z postida.
Ma'lumot uchun, 2019 yil bahorida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, «O‘zbekkino» milliy agentligi va O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi tomonidan O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi tashkil qilinib, AQSh kinoakademiyasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Ilk bor Umid Hamdamovning «Issiq non» filmi O‘zbekiston nomidan nufuzli mukofotga ilgari surilgan edi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
#SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15 avgustgacha uzaytirildi
Jamiyat | 11:00
-
Dpa: Arab davlatlari HAMASni G‘azoda hokimiyatdan ketishga chaqirdi
Jahon | 10:59
-
Toshkentda bitta xonadon qarzdorligi sabab butun qavat suvdan uzib qo‘yildi
Jamiyat | 10:44
Mavzuga oid

16:17 / 23.05.2025
Netflix Amir Temur haqidagi filmni suratga oldi

20:37 / 03.03.2025
Falastin kurashi haqidagi «Boshqa yer yo‘q» hujjatli filmi «Oskar»ga munosib ko‘rildi

11:02 / 03.03.2025
«Anora» - «Oskar»ning bu yildagi asosiy filmi bo‘ldi. Uning rejissyori Shon Beyker to‘rtta mukofotni qo‘lga kiritdi

11:13 / 12.03.2024