11 noyabrni kasaba uyushmalari xodimlari kuni sifatida nishonlash to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida deputatlar 11 noyabrni «O‘zbekistonda kasaba uyushmalari xodimlari kuni sifatida nishonlash to‘g‘risida»gi qonun loyihasini qabul qilishdi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, deputatlar tomonidan «O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birdaniga uch o‘qishda qabul qilingan. Mazkur qonun bilan 11 noyabr O‘zbekistonda kasaba uyushmalari kuni sifatida belgilanmoqda.
Endi qonun Senatning navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqilib, tasdiqlash uchun prezidentga yuboriladi.
Ma'lumot uchun, bu kabi bayramlar Avstriya, AQSh, Gretsiya, Indoneziya, Kanada, Latviya, Singapur, Fransiya, Xitoy, Shveytsariya kabi davlatlarda, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi MDH davlatlarida nishonlanib kelinmoqda.
Mavzuga oid

14:56 / 31.01.2025
Deputatlar diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqdi

14:18 / 15.01.2025
Mansab vakolatini suiiste’mol qilib sudlangan Andijon tumani sobiq hokimi viloyat kasaba uyushmalari kengashiga rais bo‘ldi

16:50 / 03.12.2024
Sudyalar Oliy kengashi tarkibi Senat tomonidan saylanishi mumkin

16:10 / 03.12.2024