Armaniston muxolifati Pashinyanning iste'fosini talab qildi
8 noyabr kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘dagi Shusha shahri Ozarboyjon qurolli kuchlari nazoratiga o‘tganligini e'lon qildi.

Foto: REUTERS/Hayk Baghdasaryan/Photolure
Armanistondagi 20ga yaqin muxolif partiya mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan va u boshchiligidagi hukumat iste'fosini talab qilib qo‘shma bayonot bilan chiqdi.
"Qaytarib bo‘lmas yo‘qotishlarning oldini olish maqsadida yuzaga kelgan halokatli vaziyat uchun javobgar bo‘lgan bosh vazir Pashinyan va uning hukumatini ixtiyoriy ravishda chetlanishini talab qilamiz. Vaziyatda o‘zgarish qilishga qodir, harbiy-siyosiy muammolarni yecha oladigan yangi ijroiya organi tuzilishini talab qilamiz", - deyiladi 17ta muxolif partiya imzolagan bayonotda.
8 noyabr kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘dagi Shusha shahri Ozarboyjon qurolli kuchlari nazoratiga o‘tganligini e'lon qildi.
Shusha — Tog‘li Qorabog‘ning muhim shaharlaridan biri bo‘lib, u tan olinmagan respublika markazi hisoblangan Stepanakert shahridan 11 kilometr masofada joylashgan.
Mavzuga oid

16:22 / 27.02.2025
Xo‘jali genotsidi - insoniyat tarixidagi qonli sahifa

16:48 / 12.02.2025
Armaniston parlamenti YeIga a’zo bo‘lishni boshlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

12:06 / 29.01.2025
Rossiyaning Kavkazdagi asosiy ittifoqchisi bo‘lgan Armaniston nega AQShning strategik hamkoriga aylanmoqda?

18:56 / 17.01.2025