Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Birjada xaridorlar soni oshgan, ammo sement narxi tushmoqda
Qurilish mavsumining yakuniy bosqichi boshlanganligi sababli birjaning sement bozorida narxlarning pasayishi davom etmoqda. Hafta yakuniga qadar birjadagi xaridorlar soni oshib bordi va so‘nggida kamaydi.

Foto: stroymarket.com
O‘zbekiston Respublika tovar xomashyo birjasi 19-23 oktabr oralig‘ida o‘tgan birja savdolariga 207 ming 384 tonna sement qo‘yilganini ma'lum qildi. Shundan 197 ming 457 tonnasi, ya'ni 95,2 foizi sotilgan. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 39,5 ming tonnani tashkil qildi.
«Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 566,5 ming so‘mdan 556,5 ming so‘mgacha, ya'ni 1,8 foizga pasaygan», — deyiladi xabarda.
Hafta boshida savdolar sementning bir tonnasiga o‘rtacha 566 ming so‘m xarid narxi bilan boshlangan, 23 oktabr kuni 1 tonna sementning o‘rtacha xarid narxi 556 ming so‘mgacha arzonladi. Haftaning ilk to‘rt ish kunida sementga xaridorlar soni ko‘paygan, ish haftasining oxirida xaridorlar 67ga kamayib, yakunda 506ta sub'yekt birja savdosida xaridorga aylangan.
Oktabr oyi boshida sementning bir tonnasi birjada o‘rtacha 608 ming so‘mga sotilgandi. 23 oktyabrdagi xarid narxi (556 ming so‘m) hozircha qurilish mavsumining so‘nggi bosqichida ko‘rsatilgan eng maqbul narx bo‘lib qolmoqda.
Ma'lumot uchun, birja orqali savdo qilinadigan yuqori likvidli 38 xil tovarning 27tasida boshlang‘ich taklif etilgan narxga nisbatan tovar qiymati 10 foizga oshishi mumkin. Bu mavsumiy bo‘lib, talab va taklif qonuni bo‘yicha bozorda sokinlik kuzatilishi ham mumkin.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tojikistonda dahshatli qotillik ishi, Qozog‘istonda derazadan qulagan chaqaloq va Qirg‘izistonda taqiqlangan sim-karta «o‘rtakashligi»
Jahon | 13:37
-
Mo‘ynoqdagi konda gaz sizib chiqishi ro‘y berdi
O‘zbekiston | 11:35
-
Isroil BMTning gumanitar yordamini G‘azoga yetkazish uchun yo‘laklar ochishga va’da bermoqda
Jahon | 09:57
-
“Yangi loyihalarda Eron va Rossiyaning ishtiroki kamayib, turkiylarning ahamiyati ortib boryapti” – siyosatshunos
Jahon | 09:02
Mavzuga oid

16:42 / 07.02.2025
2024 yilda birjada sotilgan eng arzon va eng qimmat avtoraqamlar narxi ma’lum qilindi

20:14 / 11.07.2024
Sement ishlab chiqaruvchilar arzon sement sotayotgan Andijondagi zavod ustidan shikoyat qildi

15:41 / 18.03.2024
Toshkent viloyatida sifati kafolatlanmagan 12 mlrd so‘mlik sement aniqlandi

07:04 / 19.01.2024