Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Almazbek Atamboyev tergov izolyatoridan axloq tuzatish koloniyasiga o‘tkaziladi
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev Bishkekdagi 1-sonli tergov izolyatoridan 47-sonli koloniyaga o‘tkaziladi. Avvalroq Atamboyev Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi tergov izolyatoridan 1-sonli tergov izolyatoriga o‘tkazilgandan keyin ochlik e'lon qilgandi.

Foto: TASS
27 oktyabrda Atamboyevning oldiga Qiynoqlar oldini olish bo‘yicha milliy markaz xodimlari tashrif buyurishgan. Markaz vakillarining ta'kidlashicha, sobiq prezident 1-qavatdagi 4 kishilik kamerada yana bir sudlanuvchi bilan birga saqlanmoqda.
“Atamboyev suhbat chog‘ida yomon sharoitlar, jumladan kameradagi past haroratdan shikoyat qilgan. Atamboyev ochlik e'lon qilishini Aziz Batukayev ishi bo‘yicha sud jarayoni yopiq tarzda o‘tayotgani bilan tushuntirgan. Bundan tashqari, uni tibbiy yordamga muhtojligi sababli Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi tergov izolyatoridan 47-koloniyaga o‘tkazishlari kerak edi. Biroq bugungi kunda u 1-sonli tergov izolyatorida saqlanmoqda. U sud jarayonining ochiq rejimda o‘tkazilishi va darhol 47-sonli koloniyaga o‘tkazilishini talab qilmoqda”, deb ma'lum qilgan markaz vakili.
Atamboyev Qirg‘izistonda oktabr boshida yuz bergan ommaviy tartibsizliklar vaqtida tergov izolyatoridan ozod qilingandi. Biroq 10 oktyabrdayoq siyosatchi maxsus xizmatlar xodimlari tomonidan ushlanib, yana panjara ortiga jo‘natilgan.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Mahsulot va xizmatlarni yagona ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 10:20
-
Namanganda Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi bosh mutaxassisi ushlandi
Jamiyat | 10:14
-
Nyu-Yorkda otishma, besh kishi halok bo‘ldi
Jahon | 10:08
Mavzuga oid

19:19 / 28.07.2025
Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universitetidan 3 mingdan ortiq talaba chetlatildi

09:05 / 25.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari turizm maqsadida eng ko‘p Qirg‘izistonga borgan

08:30 / 22.07.2025
Qirg‘iziston O‘zbekistonda kigiz mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi

21:03 / 18.07.2025