Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sherzod Shermatov: «Do‘sovni men emas, vazirlik sudga bergan»
Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov sobiq deputat Qobil Do‘sovning respublika ta'lim tizimi borasidagi tanqidiy fikrlariga munosabat bildirdi. Uning aytishicha, sobiq deputatni vazirlik sudga bergan. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, xalq ta'limi tizimida 700 ming xodim faoliyat yuritadi va ularni yoppasiga xoin deyishga hech kimning haqqi yo‘q.
«Kim o‘zi u, qayerdan bu masalaga aralashib qoldi... mayli, bu keyingi masala. Vazirlik sudga bergan. Nega? Sababi hammani xoin degan. 700 ming kishilik tizimni xoin deyishga hech kimning haqqi yo‘q.
Eski maktablar buzilgani, umuman, boshqa kamchiliklarni men o‘zim ko‘p gapirganman. O‘zim gapirgan gapni o‘zimga qaytarish kerak emas. Kim bo‘lishidan qat'i nazar shuncha odamni xoin degani uchun javob berishi kerak. U sobiq deputat bo‘ladimi, amaldagi deputat bo‘ladimi. Men uni sudga bermaganman, vazirlik sudga bergan.

Men duch kelgan odam bilan tenglashmayman-ku! Nima qilaman u bilan sudlashib? O‘zim fuqaro sifatida sudga berishim mumkin. Bunga ham haqqim bor. Lekin nima qilaman hozir shu bilan vaqtimni ketkazib.
Vazirlikda 700 ming nafar o‘qituvchilarimiz, xodimlarimiz bor. Ularning hammasini «xoinsanlar, men umuman O‘zbekistonda bolamni o‘qitmayman», degan gaplari uchun javob berishi kerak. Agar o‘qituvchilar huquqini himoya qilmasak, bizlar nima qilib yuribmiz», – dedi Sherzod Shermatov.
Avvalroq, Qobil Do‘sov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xalq ta'limi tizimini tanqid qilgani, mazkur videomurojaat sababli Xalq ta'limi vazirligi sobiq deputatga nisbatan fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritgani to‘g‘risida xabar berilgan edi. Unda Do‘sovning tanqidiy, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma'lumotlar tarqatgani aytilgan.
Joriy yilning 23 sentabr kuni Qobil Do‘sov va Xalq ta'limi vazirligi o‘rtasidagi navbatdagi ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda fuqarolik ishi yuzasidan sud-lingvistik ekspertizasi tayinlangani va xulosalarga muvofiq sud jarayoni davom etishi ma'lum qilingan. Keyingi sud majlisi qachon bo‘lishi hozircha noma'lum.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tailanddagi O‘zbekiston fuqarolaridan Kambodja bilan chegaradosh hududlarga bormaslik so‘raldi
O‘zbekiston | 11:29
-
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23
-
KHAYning Beshqayrag‘och - Beruniy qismi vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 11:11
-
Kiyevda korrupsiyaga qarshi idoralar mustaqilligi uchun namoyishlar davom etmoqda
Jahon | 11:06
Mavzuga oid

17:42 / 08.07.2025
UzIMEI bo‘yicha vazir Shermatovga senator so‘rovi yuborildi

18:17 / 25.01.2025
Sobiq deputat Qobul Do‘sov ozodlikni cheklash shartlarini buzgani uchun koloniyaga o‘tkazildi

17:40 / 22.11.2024
Bloger Qobil Do‘sov vazir o‘rinbosarini haqorat qilganlikda aybdor deb topildi

14:40 / 24.10.2024