O‘zbekiston | 17:34 / 07.10.2020
3762
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston shaharlarida Jyerar Deparde ishtirokidagi «Mon rêve ouzbek» nomli hujjatli filmi premerasi o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda «B-Tween» fransuz kinokompaniyasi tomonidan «Paris Première» telekanali uchun 2019 yilda «Mon rêve ouzbek» (Mening o‘zbekcha orzum) nomli hujjatli film tasvirga olingan edi.

2020 yil 7 oktabr kuni film «Paris Première» telekanalida ilk marotaba efirga uzatiladi.

Hujjatli filmda bosh rolni mashhur fransuz aktyori Jyerar Deparde ijro etgan. Bosh qahramon film davomida o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi va O‘zbekistonning boy tarixiy hamda madaniy merosini ko‘rib, o‘z hayratini ifoda etadi. 

«O‘zbekistonga noyob jug‘rofiy o‘rin tuhfa etilgan. Osiyoning qoq yuragida joylashgan bu mamlakat o‘zidan tashqaridagi mamlakatlarning madaniyatidan ko‘plab an'analarni to‘pladi va shu bilan birga o‘z tajribasini tashqi olamga yetkazdi», degan iliq fikrlar bildirgan edi u.

Hujjatli film O‘zbekistonning 5 ta shahri - Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz va Nukusda tasvirga olingan.

Mavzuga oid