O‘zbekiston | 15:47 / 27.08.2020
4444
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent - Vladivostok - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha charter reysi amalga oshiriladi

Aviachiptada ko‘rsatilgan narxni Uzbekistan Airways AJ filialining kassasida to‘lagan pul bilan solishtirish tavsiya qilingan.

O‘zbekiston maxsus komissiyasi ko‘rsatmalariga binoan, O‘zbekiston fuqarolarini vataniga qaytarish maqsadida Uzbekistan Airways AJ tomonidan 2020 yil 31 avgust kuni Toshkent-Vladivostok-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha charter repatriatsiya qatnovi amalga oshiriladi.

Aviakompaniya xabariga ko‘ra, qatnov quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda (mahalliy vaqt ko‘rsatilgan):

Toshkent-Vladivostok
Toshkentdan ketish vaqti – 05:20, Vladivostokka kelish - 17:20.

Vladivostok-Toshkent
Vladivostokdan ketish - 19:20, Toshkentga kelish - 22:05.

Toshkent-Vladivostok yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalarni aviakompaniya filialining Markaziy sotuvlar ofisida Uzbekistan Airways Sales jonli navbat tartibida, yo‘lovchining shaxsan o‘zi tegishli hujjatlarning asl nusxasi bilan kelgan taqdirdagina sotib olish mumkin:

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun - pasport va ketish uchun asos;
xorijiy fuqarolar uchun – pasport.

«Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun Sizdan aviachiptalarni sotib olishni tezlashtirishda o‘z xizmatlarini ishonarli tarzda taklif etadigan shubhali shaxslardan yordam so‘ramasligingizni so‘raymiz.

Aviachiptada ko‘rsatilgan narxni Uzbekistan Airways AJ filialining kassasida to‘lagan pulingiz bilan solishtirishingizni tavsiya qilamiz. O‘zingiz va yaqinlaringizni ehtiyot qiling! Sizga yoqimli parvozni tilaymiz!» - deyiladi ma'lumotda. 

Mavzuga oid