Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri va Toshkent viloyati tumanlari hududlari o‘zgartiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 avgust kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatining o‘zaro chegaradosh bo‘lgan tumanlari hududlarini o‘zgartirish bo‘yicha tayyorlangan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

«So‘nggi yillarda mamlakatimizda yerning hisobini aniq yuritish va undan samarali foydalanish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash va noqonuniy qurilishlar qilish holatlarining oldini olish, tuman va shaharlarning ma'muriy-hududiy chegaralarini to‘g‘ri belgilash masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari tarkibida tuzilgan ishchi guruh tomonidan bu masalada aniq chora-tadbirlar belgilanib, tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, poytaxtimiz va Toshkent viloyatining yer maydonlari, ularning o‘zaro chegara hududlarining joylashuvi chuqur tahlil qilinib, takliflar ishlab chiqildi.
Ma'lumki, Toshkent viloyatining 5 ta tumani – Zangiota, Yangiyo‘l, Quyi Chirchiq, O‘rta Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlari ayrim mahallalari Toshkent shahrining katta halqa yo‘li ichiga kirib qolgan.
Misol uchun, Toshkent viloyatining Zangiota tumaniga qarashli «Xonobod» mahallasi poytaxtning Sergeli va Bektemir tumanlari orasida, yoki Toshkent shahriga qarashli Ulug‘bek shaharchasi to‘liq Toshkent viloyatining Qibray tumani hududida joylashgan.
Bundan tashqari, Toshkent viloyati tumanlari va shaharlarining o‘zaro chegara hududlarida ham ko‘plab nomutanosibliklar mavjud.
Shu bois, aholiga qulaylik yaratish maqsadida shahardan Toshkent viloyatiga 1010 gektar, viloyatdan poytaxtimizga 10196 gektar yer maydoni o‘tkazilishi rejalashtirilgan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Taqdimotda ushbu takliflar atroflicha ko‘rib chiqilgan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

19:10 / 11.06.2025
Yangiyo‘lda yuk mashinasi velosipedchi bolani urib ketdi

10:29 / 26.04.2025
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

16:48 / 28.03.2025
Yangiyo‘ldagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi

10:17 / 27.03.2025