Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zekspomarkaz» va Zangiotadagi shifoxonalarga tibbiyot xodimlari va ko‘ngillilar ishga taklif etiladi
«O‘zekspomarkaz» pavilonida koronavirusga gumon qilinayotgan uchun tashkil etilgan vaqtinchalik shifoxonaga tibbiyot xodimlari va ko‘ngillilar ishga taklif etiladi. Bu haqda Toshkent shahri axborot xizmati xabar berdi.
Shahar hokimligi tomonidan mazkur yangi quvvatni ishga tushirish uchun tibbiyot xodimlari ishga jalb qilinishi ma'lum qilingan.
Ish 15 kunlik navbatchilik tartibida tashkil qilinadi hamda xodimlarga quyidagi umumiy hisobdan:
- vrachlarga 15 000 000 so‘m;
- hamshiralarga 10 000 000 so‘m;
- kichik tibbiyot xodimlariga 5 000 000 so‘m;
- ko‘ngillilarga 5 000 000 so‘m ish haqi to‘lanadi.
Ish vaqti 12 soatdan iborat bulib, 8 soat ish, 4 soat dam olish vaqti ko‘zda tutilgan. Tibbiyot xodimlari tibbiy himoya vositalari bilan ta'minlanadi. Xodimlarga yotoqxona va ovqatlanish to‘liq tashkil qilingani holda, maoshlari har kuni to‘lab boriladi.
Murojaat uchun telefonlar: 71 210 02 02, 71 210 02 31
Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent viloyati Zangiota tumani «Ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasi»ga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha ishga taklif etadi.
Shifokorlar:
- Anesteziolog-reanimatolog;
- infeksionist;
- epidemiolog;
- vrach-laborant;
- vrach-rentgenolog va boshqa barcha mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlar.
Hamshiralar:
- Reanimatsiya hamshirasi;
- palata hamshirasi va boshqa barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rta tibbiyot xodimlari;
- kichik tibbiyot xodimlari.
14 kunlik ish faoliyati uchun ish haqi joyida beriladi. Murojaat uchun Sog‘liqni saqlash vazirligining Xodimlar bo‘limiga murojaat qilish mumkin.
Murojaat uchun telefonlar:
71/241-12-02, 71/241-18-70, 71/241-54-54
Bundan avvalroq, Toshkent shahrining uch hududida, jumladan, «O‘zekspomarkaz»da koronavirusga chalingani gumon qilinayotgan bemorlarni tekshirish va tahlildan o‘tkazish uchun maxsus 500 o‘rinli Taqsimlash markazi tashkil etilgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
🔴 LIVE: Tramp Ukrainadagi urushda burilish qilmoqchimi? | “Geosiyosat” haftaligi
Jahon | 11:30
-
Toshkentda Lacetti haydovchisi Cobalt’ga “dubinka” bilan hujum qildi
Jamiyat | 10:37
-
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 10:00
Mavzuga oid

17:44 / 06.03.2025
Toshkent shahri hokimligi bir xonadonga 3 qopdan chiqindi limiti qo‘yilgani haqidagi xabarlarni rad etdi

18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi

11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?

17:25 / 20.07.2024