Jamiyat | 12:34 / 10.07.2020
39202
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun ogohlantirish, ertadan chora ko‘riladi – yo‘llarda mashinalar harakati nazorati boshlandi

O‘zbekistonda yangi koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq sanitar-epidemiologik holat kuchaygani bois 2020 yil 10 iyuldan 1 avgustga qadar respublika hududi bo‘ylab karantin choralari kuchaytirildi. Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, respublika hududlari o‘rtasida transport harakati cheklandi.

Shu munosabat bilan 10 iyuldan e'tiboran Toshkent shahri ko‘chalarida yo‘l-patrul xizmati va Milliy gvardiya, Sanitariya-epidemiologiya markazlari xodimlari, Mudofaa vazirligi harbiylari ishtirokida nazorat-o‘tkazuv punktlari qayta yo‘lga qo‘yiladi. Kun davomida belgilangan vaqtdan tashqari damlarda ruxsatsiz, maqsadsiz harakatlangan transport vositalari haydovchilari ogohlantiriladi. 

11 iyuldan e'tiboran bunday haydovchilar ma'muriy jarimaga tortiladi. 

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Shu munosabat bilan Kun.uz tahririyati, Toshkent shahar IIBB YHXB, Milliy gvardiya, Sanitariya-epidemiologiya markazi O‘zbekiston aholisidan karantin choralarga qat'iy rioya qilishni so‘rab qoladi. 

Mavzuga oid