Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Niyatimiz – maktablar faoliyatini tiklash. Lekin shunda ham televideniye orqali onlayn darslar davom ettiriladi» – Sherzod Shermatov
Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov yangi o‘quv yilida maktablarda o‘qish tiklanishi rejalashtirilayotgani, lekin shunda ham televideniye orqali onlayn darslar davom ettirilishini ma'lum qildi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda ham yangi o‘quv yilida ham darslar onlayn bo‘lishi haqidagi fikrlarni o‘qidim. Avvalo, yaxshi niyat qilaylik, virusdan qutulaylik xudo xohlasa.
Bizning niyatimiz oflayn ta'lim shaklini tiklash, ya'ni bolalarimiz maktabga qatnab o‘qishsin. Lekin parallel ravishda Vazirlar Mahkamasining alohida qarori tayyorlanmoqda. Bolalar o‘zi maktabga qatnagan taqdirda ham televideniye orqali onlayn darslar davom ettiriladi. Nimaga? Chunki respublikaning hamma joyida ham bir xil emas. Ayniqsa, olis hududlarda zo‘r emas. Shuning uchun televideniye orqali imkon boricha eng yaxshi darslarni qo‘yib boradigan bo‘lsak, bu joylardagi o‘quvchilarimizga qo‘shimcha yordam bo‘ladi.
O‘zi Flipped Classroom degan tushuncha bor. Bunda uy ishi berilmaydi, uning o‘rniga bolalar uy ishi sifatida ko‘proq video ko‘rishadi. Bizda ham uyda televideniye orqali darslarni ko‘rishsa, sinflarda amaliy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishadi. Shu jarayonni davom ettirish uchun ham televideniye orqali berilayotgan videodarslar kerak. Shu sababli yangi o‘quv yilidan maktablarimiz ochilsin deb yaxshi niyat qilaveraylik», deya Sherzod Shermatovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Xalq ta'limi vazirining qayd etishicha, boshlang‘ich sinflarda onlayn shaklda ta'lim berish yuqori samara bermaydi. Shu sababli vazirlik yangi o‘quv yilidan maktablarda an'anaviy ta'lim tiklash harakatida.
«Boshlang‘ich ta'limda onlayn ta'lim zo‘r natija berganda hamma shu shaklga o‘tib ketgan bo‘lishardi. Xususan, internet tezligi yaxshi bo‘lgan, rivojlangan mamlakatlarda ham maktablar yo‘q bo‘lib, to‘liq onlayn ta'limga o‘tib ketilgani yo‘q. Shuning uchun yangi o‘quv yilidan maktablarda an'anaviy ta'lim tiklanishidan umidvormiz.
Ayni paytda karantin choralari kuchaytirilayotganidan ko‘zlangan maqsad ham koronavirusning salbiy oqibatlarini kamaytirishdan iborat. Xudo xohlasa sentyabrdan bu borada yengillik bo‘ladi. Parallel ravishda biz nima qilyapmiz. UNESCO, UNICEF, Jahon banki singari xalqaro tashkilotlar tomonidan butun dunyodagi vaziyat o‘rganilayapti. Ya'ni bu muammo faqat bizga tegishli emas.
O‘zbekistonda mart oyida karantin joriy etilgach, ta'lim tizimida uzilish bo‘lmasligi uchun shoshilinch tarzda onlayn ta'lim shaklida bo‘lsa ham o‘qishni davom ettirdik. Endi 1 sentyabrgacha vaqt bor. Ko‘p davlatlarda ham kuzda o‘qish boshlanadi. Tajriba o‘rganilyapti.
Bu borada har xil ilmiy yondashuvlar bor. Bu masalani virusologlarimiz yaxshiroq bilishadi, albatta. Ayrim mutaxassislar aytishayaptiki, qandaydir xavfsizlik choralari ta'minlansa, maktablarni ochib yuborsa bo‘ladi, bu epidemiologik vaziyat og‘irlashishiga olib kelmaydi. Bu qarashga qarshi chiqayotganlar ham bor», deydi u.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Davlat xaridlarining elektron tizimi tashkil etiladi
Iqtisodiyot | 07:40
-
Hindiston qirg‘oqlarida Rossiya nefti yuklangan tankerlar harakatsiz turibdi
Jahon | 07:26
-
Daniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 07:11
-
Rossiyalik hakerlar o‘zini "Kasperskiy laboratoriyasi" sifatida ko‘rsatgan
Jahon | 07:09
Mavzuga oid

17:42 / 08.07.2025
UzIMEI bo‘yicha vazir Shermatovga senator so‘rovi yuborildi

14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?

18:06 / 19.02.2025
Noma’lum shaxs Toshkentdagi 71-maktabda «qirg‘in» uyushtirish bilan tahdid qildi

15:15 / 14.02.2025