Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada mushak ishlab chiqariluvchi fabrikada portlash yuz berdi

Turkiyaning Sakarya viloyatida mushak ishlab chiqariluvchi fabrikada yuz bergan portlash 4 kishining o‘limiga va 97 kishining jarohatlanishiga olib keldi.
Viloyat gubernatori Chetin Oktay Qaldirimning ma'lum qilishicha, portlash vaqtida fabrikada 150-200 ishchi va 110 tonna mushak bo‘lgan. Voqea joyiga 85 ta tez yordam mashinasi va 2 ta sanitar vertolyot jo‘natilgan. Jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan.
Portlashlar korxonadan 50 km radiusda eshitilgan. Bu esa mahalliy aholi orasida sarosima tug‘dirgan. Ko‘plab odamlar portlashni zilzila deb qabul qilib, ko‘chalarga yugurib chiqqan.
Fabrika hududida 11 ta qutqaruv brigadasi ish olib borgan. Hozircha portlash sababi aniqlanmagan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an topshirig‘i bilan portlash joyiga hukumat a'zolari – ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘ylu, sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Xo‘ja va mehnat, ijtimoiy xizmat va oila vaziri Zahro Salchuq yo‘l olgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yaponiya bilan yirik savdo bitimini e’lon qildi
Jahon | 09:20
-
O‘zbekiston fuqarolari turizm maqsadida eng ko‘p Qirg‘izistonga borgan
Turizm | 09:05
-
Kiyevda hakerlar forumi ma’muri qo‘lga olindi
Jahon | 08:40
-
O‘zbekiston fuqarolari Turkiyaning Mersin viloyatida ishga joylashtiriladi
Jamiyat | 08:20
Mavzuga oid

09:48 / 17.06.2025
Erdo‘g‘an: Qisqa vaqtda hech kim bizga qarshi chiqishga jur’at etolmaydigan darajaga chiqamiz

12:55 / 09.06.2025
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida maktab ochiladi

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

19:16 / 07.06.2025