Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda YTH oqibatida 2 kishi vafot etdi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Tergov departamenti
2020 yilning 29 iyun kuni soat 23:30da haydovchi, 31 yoshli Z.T. boshqaruvidagi “Malibu” rusumli avtomashinasini Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani “Zarbdor” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-100 avtomobil yo‘lining 81-kilometrida Bandixon-Qiziriq tumani yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan 56 yoshli O‘.X.ning boshqaruvida bo‘lgan “VAZ 2101” rusumli avtomashinaning harakat yo‘nalishiga chiqib ketishi oqibatida, avtomashinaning old o‘ng tomoni bilan “VAZ 2101” rusumli avtomashinaning old chap tomoni bilan to‘qnashib, yo‘l transport hodisasini sodir etgan.
Natijada, “VAZ 2101” rusumli avtomashinada yong‘in chiqib, haydovchi O‘.X. va old o‘rindig‘ida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 50 yoshli A.J. yong‘in natijasida avtomashina salonida qolib ketib, hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Qiziriq tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, transport vositasini boshqarayotganingizda amaldagi “Yo‘l harakatlari qoidalari”ga rioya qilishingizni so‘raymiz, o‘zingiz va boshqalarning hayotiga befarq bo‘lmang”, - deyiladi ma'lumotda.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 670 mingdan ortiq xonadonga aqlli suv hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi
Iqtisodiyot | 17:48
-
3,7 mln so‘mdan 16,2 mln so‘mgacha – O‘zbekistondagi o‘rtacha oyliklar e’lon qilindi
Iqtisodiyot | 17:37
-
Zomindagi sirli o‘lim tafsilotlari
Jamiyat | 17:26
-
Saratovdagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Qurbonlar bor
Jahon | 16:19
Mavzuga oid

15:12 / 27.08.2024
Termizda ilk bor O‘zbekiston va Afg‘oniston klublari xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishdi

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi

13:07 / 27.07.2024