Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pompeo Jon Boltonni xoin deb atadi
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo mamlakat prezidenti Donald Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonni xoin deb atab, uning Oq uy haqidagi kitobini yolg‘onlardan iboratligini aytdi.

«Men Boltonning kitobini o‘qimagan edim, ammo undan nashr etilgan parchalarga ko‘ra, sobiq maslahatchi o‘z kitobida bir qator yolg‘on da'volarni, to‘g‘ridan to‘g‘ri uydirmalarni tarqatgan va aksariyat hodisalarni boshqacha talqin qilib yozgan. O‘zining yolg‘on va uydirmalari bilan davlat obro‘siga va jamoatchilik ishonchiga putur yetkazgan Bolton xoinlik qilib amerikaliklarning ishonchini suiiste'mol qilmoqda», degan Pompeo.
«Dunyodagi do‘stlarimiz Tramp boshchiligidagi AQSh yaxshilikni ko‘zlovchi kuch ekanini bilishadi», deb qo‘shimcha qildi davlat departamenti rahbari.
Juma kuni Vashington sudi Adliya vazirligi taqdim etgan Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton tomonidan yozilgan «Bu voqea sodir bo‘lgan xona: Oq uy memuarlari» (The Room Where It Happened: A White House Memoir) kitobini nashr etishni kechiktirish haqidagi da'vosini ko‘rib chiqadi.
Tramp ma'muriyati Bolton o‘z kitobida oshkor qilish taqiqlangan maxfiy ma'lumotlarni ham yozgan deb da'vo qilmoqda. Jon Bolton esa kitob qo‘lyozmasi tegishli tashkilotlar nazoratidan o‘tganini ma'lum qilgan.
Boltonning kitobini chop etish uchun shartnoma tuzgan nashriyotning ma'lum qilishicha, kitob allaqachon chop etilgan va hududlarga tarqatilgan. Garchi kitob sotuvga chiqarilmagan bo‘lsa-da, uni nashr etish ishlari to‘xtatilmaydi.
Sud muhokamasi arafasida bir qator nashrlarda Tramp keskin tanqid qilingan va Pompeoning o‘zi Trampni tanqid qilgani haqida yozilgan kitobdan parchalar nashr etildi. Ularda xususan Trampning Buyuk Britaniya yadro quroliga ega ekanini bilmagani hamda Finlyandiyani Rossiya tarkibida deb o‘ylagani haqidagi gaplar bor.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

11:58 / 12.11.2024
Mask, kichik Kennedi va Uayls: Trampning atrofidagilar kim va qaysilari yangi ma’muriyatda lavozim olishi mumkin?

13:51 / 15.11.2023
AQSh sobiq davlat kotibi Pompeo «Kiyevstar» boshqaruvida ish boshlaydi

22:50 / 12.01.2021
Pompeo Eronni "Al-Qoida" bilan hamkorlikda aybladi

23:56 / 16.12.2020