Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kasbiy-ijodiy imtihonlarni o‘tkazish tartibi ma'lum qilindi
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov kasbiy va ijodiy imtihonlarning o‘tkazilish tartibi bo‘yicha ma'lumot berdi.
Ma'lum qilinishicha, har bir oliy ta'lim muassasasi kasbiy-ijodiy imtihonlar o‘tkaziladigan abituriyentlar sonidan kelib chiqqan holda o‘zi belgilaydi.
«Test imtihonlariga qo‘shimcha tarzda o‘tkaziladigan kasbiy-ijodiy imtihonlarni o‘tkazishni 28 iyulgacha yakunlash taklif qilinmoqda. Chunki ularning ma'lumotlari test natijalari bilan qo‘shilishi kerak.
Faqat kasbiy-ijodiy ko‘nalish bo‘yicha imtihon topshiradiganlar (test mavjud bo‘lmagan) yo‘nalishlar uchun imtihonlar 25 iyuldan 20 avgustgacha davom etadi.
Ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlardan hujjat topshirishda o‘z telefon raqamlari va manzil haqidagi ma'lumotlarni aniq ko‘rsatishlarini so‘raymiz. Chunki imtihon sanalari haqida ular bilan bog‘langan holda ma'lumot yetkaziladi. Shuningdek, abituriyentlarning o‘zlari ham oliy o‘quv yurti veb-saytini kuzatib borishlari kerak bo‘ladi», deya vazirning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Qayd etilishicha, ijodiy imtihonlarning qabul komissiyalari tarkibini shakllantirish bo‘yicha talab kuchaytirilmoqda. Xususan, komissiya tarkibiga nafaqat pedagog mutaxassislar, balki shu ijodiy sohaning vakillari, ijodkorlar va sohaga oid tashkilotlardan vakillar jalb etiladi.
«Kasbiy-ijodiy imtihonlarni o‘tkazish jarayonlari to‘liq suratga olinadi. Suratga olingan material saqlanadi, apellyatsiya masalasi yuzaga kelgan holda ulardan foydalaniladi», deya ta'kidladi Inomjon Majidov.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston va Airbus havo kemalari parkini kengaytirishga kelishib oldi
O‘zbekiston | 12:11
-
Shri-Lanka O‘zbekistonga o‘z portlaridan foydalanishni taklif qildi
Iqtisodiyot | 12:06
-
Bloomberg: Germaniya 2029 yilgacha harbiy budjetini ikki baravar oshirmoqchi
Jahon | 11:56
Mavzuga oid

07:25 / 04.07.2024
Ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlarga alohida ruxsatnomalar berish joriy qilindi

14:38 / 06.07.2022
DTM chet tilidan ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlarga dedlaynni eslatdi

19:00 / 26.12.2021
Kitoblar qayerda? O‘zMUda yo‘qolgani aytilayotgan qadimiy qo‘lyozmalar bilan bog‘liq vaziyat chigallashmoqda

19:43 / 19.01.2021