Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bunkeringizga qayting»: Sietl meri prezident Trampga keskin javob qaytardi
AQShning Sietl shahrida ommaviy tartibsizliklar avj olib, namoyishchilar bir nechta kvartallarni to‘sib olishdi va u yerda barrikadalar hosil qilib, hududni «avtonom hudud» deb e'lon qilishdi. Bundan tashqari, ular shahar meri Jyenni Dyurkanning iste'fosini talab qilishmoqda.

Jyenni Dyurkan / Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Sietldagi tartibsizliklarga izoh berib, namoyishchilarni «ichki terrorchilar» deb atagan.
“Ichki terrorchilar radikal so‘l demokratlar boshqaradigan Sietlni egallab olishdi”, deb aytgan Tramp.
AQSh prezidenti, shuningdek, shahar meriyasi va Vashington shtati rahbariyatini harakatsizlik uchun tanqid qilgan.
“Shtat gubernatori Jyey Inslini va Sietl merini mamlakat uchun misli ko‘rilmagan darajada laqillatib, mazax qilishdi. O‘z shahringizni hoziroq qaytarib oling. Agar buni qilmasangiz, unda o‘zim qilaman. Bu o‘yin emas. Bu dahshatli anarxiyachilarni zudlik bilan to‘xtatish lozim. Tezroq harakatingizni qiling!”, deb yozgan Tramp.
Sietl meri bunga javoban Trampga bunkeriga qaytishni tavsiya qilgan.
“Xavfsizligimizni ta'minlang. O‘z bunkeringizga qayting”, deb javob qilgan Jyenni Dyurkan.
Avvalroq OAVda Vashingtondagi ommaviy noroziliklar vaqtida Tramp Oq uydagi bunkerga yashirilgani haqida ma'lumot paydo bo‘lgandi. Biroq Trampning o‘zi bu ma'lumotni rad etgandi. Uning ta'kidlashicha, u boshpanada uni ko‘zdan kechirish uchun oz vaqtgina bo‘lgan.
AQShda 25 may kuni afroamerikalik Jorj Floyd politsiya tomonidan qo‘lga olinish vaqtida halok bo‘lgandan keyin irqchilikka va politsiya zo‘ravonligiga qarshi ommaviy noroziliklar avj olib, ko‘p joylarda ular tartibsizliklar va talonchiliklarga aylanib ketdi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Quyoshda qolgan ichimliklar gormonal buzilish va boshqa xavfli kasalliklarni yuzaga keltirishi mumkin
Sog‘lom hayot | 13:02
-
Buloqboshi tumanidagi kanalga neft oqib ketdi
O‘zbekiston | 12:29
-
O‘zbekiston va Airbus havo kemalari parkini kengaytirishga kelishib oldi
O‘zbekiston | 12:11
Mavzuga oid

18:34 / 11.02.2025
“Deportatsiya noinsoniy ruhda kechyapti, amerikaliklar ham shokda” – Nyu Yorkdagi yurist bilan suhbat

15:23 / 04.02.2025
Trampning yangi bojlaridan hamma, xususan AQShning o‘zi ham yutqazadi - ekspertlar

02:48 / 06.11.2024
Saylov boshlandi, ko‘p ovoz olib ham yutqazish mumkin bo‘lgan saylov

00:26 / 06.11.2024