Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston armiyasida real jang sharoitiga moslashtirilgan maxsus mashqlar amaliyotga tatbiq etiladi
11ta yo‘lakda bajariladigan murakkab mashqlar dastlab Markaziy harbiy okrugiga qarashli Jizzax garnizonidagi harbiy qism poligonida namuna sifatida amaliyotga tatbiq etilmoqda. Bu haqda harbiy jurnalist G‘ayrat Madrahimov Kun.uz'ga ma'lum qildi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
8 iyun kuni Markaziy harbiy okrug qo‘shinlarida 2020-2021 o‘quv yiliga bag‘ishlangan tantanali miting bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqan okrug qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov shaxsiy tarkibni o‘quv yili bilan qutlab, maxsus reyslarda shifokorlar nazoratida kelgan yosh chaqiriluvchilarni harbiy qismda 14 kunlik karantinga olish, shuningdek, harbiy xizmatchilarni yangicha yondashuvdagi ma'naviy-ma'rifiy, jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlariga jalb etish haqida to‘xtalib o‘tdi. Tadbirdan so‘ng Jizzax garnizonidagi harbiy qismda namuna sifatida real zamonaviy jang sharoitiga moslashtirilgan majmuaviy maxsus mashqlar ko‘rsatib berildi.
Okrug qo‘mondonligi tomonidan yangicha g‘oya va tashabbus asosida tashkil etilgan ushbu yo‘laklarda harbiy xizmatchilarning jismoniy va ruhiy zo‘riqishlarni yengib dushmanga ruhiy bosim o‘tkazishi, garovdagilarni yakka tartibda harakatlanib ozod etish amaliyoti ishlab chiqilgan.
Bundan tashqari, yaradorlarni evakuatsiya qilish chog‘ida tez va aniq o‘t ochish, juftlikda harakatlanib otish pozitsiyalarini o‘zgartirish, harbiy tibbiy tayyorgarlik me'yorlarini bajarish hamda harakatlanuvchi nuqtadan to‘g‘ri nishonga olish kabi o‘zgaruvchan mashqlarni o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, belgilangan vaqt ichida jangchilarga sun'iy jihozlangan shartli dushman obektiga sezdirmay borish, noqonuniy qurollangan guruhlar bilan uzoq va yaqin masofada jang qilish hamda asirlarni ozod etish vazifasi yuklatiladi.
Mazkur maxsus mashqlar jismoniy va ruhiy chidamlilikni talab etadi. Mashg‘ulot rahbari tomonidan murakkab mashqni bajarish davomida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni hisobga olib guruhga, yakunda esa jangovar vzvodga baho beriladi.
Birinchi galda 11ta yo‘lakda bajariladigan majmuaviy nazorat mashqlari Markaziy harbiy okrug qo‘shinlarida sinovdan o‘tkazilmoqda. Kelgusida ushbu mashqlar tungi sharoitga ham moslashtiriladi va barcha poligonlarda joriy etilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

12:14 / 26.01.2021
Jizzaxdagi harbiy qismda 200 nafar yoshlar uchun “Yosh vatanparvarlar yig‘ini” boshlandi

12:30 / 30.05.2020
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari Markaziy harbiy okrugga ishga o‘tkazildi

23:40 / 23.04.2020
Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari “Mehr-shafqat va salomatlik” jamg‘armasiga 515 million so‘m o‘tkazishdi

12:35 / 19.04.2020