Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sug‘orish tarmoqlarida 40 foizga yaqin suv yo‘qotilmoqda – Suv xo‘jaligi vaziri
Farg‘ona viloyatida suv dalaga 4 soatda yetkazib beriladi. Lekin suv quvur orqali yetkazilganda 4 soat o‘rniga 4 daqiqa yetarli bo‘lgan.

Foto: O‘zA
Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev suvni dalalarga quvur orqali yetkazish bilan 40 foiz suv, 30 foiz elektr energiya iqtisod qilinishi mumkin bo‘lgani haqida gapirdi.
«Farg‘ona viloyatida 360 ming gektar sug‘oriladigan maydon mavjud bo‘lsa, vegetatsiya davrida 3 milliard 700 million kubdan ortiq suv talab qilinadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 455 million metr kub suv kamroq sarflanishi mumkin. Buning uchun suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish kerak bo‘ladi.
Aslida, sug‘orish tarmoqlarida 40 foizga yaqin suv yo‘qotiladi. Buni kamaytirish va suv boshqarish tizimidagi muammolarni hal qilish kerak. Agar suv to‘g‘ri boshqarilsa, bu kabi muammolarga yo‘l qo‘yilmaydi», deya qayd etib o‘tdi Suv xo‘jaligi vaziri.
Vazirning ta'kidlashicha, Farg‘ona viloyatida suv dalaga 4 soatda yetkazib beriladi. Lekin suv quvur orqali yetkazilganda 4 soat o‘rniga 4 daqiqa yetarli bo‘lgan. Bu orqali 40 foiz suv, 30 foiz elektr energiya iqtisod qilinadi.
«Davlat rahbariga mazkur o‘rganishlarni taqdimot qilib ko‘rsatdik va suv tejovchi texnologiyalar uchun 50 million AQSh dollari ajratilishi belgilandi. Mablag‘ni qanday yo‘naltirish uchun alohida ishchi guruh tuzildi va qaysi hududlarda suv ta'minotiga oid muammolar ko‘pligi aniqlanib, choralar ko‘riladi», dedi Shavkat Hamroyev Xalqaro press klubning Farg‘onada o‘tkazilgan sessiyasida.
Tavsiya etamiz
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
“Ish qilishga kuchim yo‘q”: quvvatsizlik oddiy charchoqmi yoki jiddiy signal?
Sog‘lom hayot | 16:45 / 29.07.2025
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy AQSh tahdidiga qaramay, Rossiya neftini sotib olishdan voz kechmadi
Jahon | 23:46 / 30.07.2025
-
Turkiyada migrantlarning noqonuniy bandligiga qarshi choralar kuchaytirildi
Jahon | 23:20 / 30.07.2025
-
Uy quruvchilarining “qora” ro‘yxati, rus ovchilarining o‘ljasi va issiqxonalarga qo‘llov – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:52 / 30.07.2025
-
Nozimaxon Davletova Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti bo‘ldi
O‘zbekiston | 22:27 / 30.07.2025
Mavzuga oid

09:10 / 30.07.2025
Tadbirkorning 443 mln so‘mlik dori vositalarini o‘zlashtirgan menejer aniqlandi

11:16 / 26.07.2025
Ikki hududda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

15:01 / 25.07.2025
Farg‘onada ommaviy bezorilik uyushtirgan Otabek Vallomov 6,5 yilga qamaldi

12:14 / 22.07.2025