Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jorj Floydning o‘limida aybdorlarni jazolash talab qilingan petitsiyani rekord sonda odam imzoladi
Poliyatsiya tomonidan qo‘lga olinish vaqtida halok bo‘lgan afroamerikalik Jorj Floydning o‘limida aybdor politsiyachilarni jazolash talab qilingan petitsiyani 11,7 mlndan ko‘proq kishi imzoladi. Petitsiyalar e'lon qilinadigan Change.org platformasi tarixida birinchi marta arznoma bunchalik ko‘p imzo to‘pladi.

Petitsiya muallifi Kellen S. Floydni qo‘lga olishda ishtirok etgan va uning o‘limiga aloqador barcha politsiyachilar sud oldida javob berishlari kerakligini talab qilmoqda. Petitsiyaga imzo qo‘yganlar orasida ko‘plab yirik kompaniyalar va mashhur insonlar bor.
46 yoshli Floydning o‘limiga javoban AQShda norozilik namoyishlari va tartibsizliklar boshlangan. Floydning ushlanishi vaqtida oq tanli politsiyachi Derek Shoven uning bo‘ynini tizzasi bilan bosib turgan. Erkak kishanlangan va qarshilik ko‘rsatmayotgan bo‘lsa-da, politsiyachi uni bir necha daqiqa bo‘g‘ib turgan. Voqea guvohlari ham politsiyachilardan ortiqcha qattiqqo‘llik qilmaslikni so‘rashgan, biroq barchasi befoyda bo‘lgan.
Shundan ko‘p o‘tmay Floyd hushini yo‘qotib, shifoxonada jon bergan. Uning politsiyachilar tomonidan ushlanishi videosi internetda tarqalgach, noroziliklarga sabab bo‘lgan. Floydni qo‘lga olishda ishtirok etgan 4 politsiyachi ishdan bo‘shatilgan, Shoven esa hibsga olingan. Biroq bu noroziliklarni to‘xtata olmagan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

23:05 / 13.02.2025
Daniyada Kaliforniyani sotib olish to‘g‘risidagi petitsiya 200 mingdan ziyod imzo to‘pladi

18:51 / 13.08.2024
Qozog‘istonda onlayn kreditni taqiqlash bo‘yicha petitsiya e’lon qilindi

21:05 / 03.10.2023
Qozog‘iston hukumatiga 50 mingdan ortiq ovoz to‘plagan petitsiyalarni ko‘rib chiqish majburiyati yuklandi

10:20 / 13.02.2023