Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng badavlat 25 kishining boyligi ikki oyda 255 mlrd dollarga ko‘paydi
Koronavirus pandemiyasiga qaramasdan, dunyodagi eng badavlat 25 kishining jami boyligi ikki oyda 255 mlrd dollarga ko‘paydi, deb yozmoqda Forbes.

Foto: Donat Sorokin/TASS
Nashrning qayd etishicha, Mark Tsukerbergning boyligi 31 mlrd dollardan 86,5 mlrd dollarga yetgan. Buning asosiy sababi u rahbarlik qiladigan Facebook kompaniyasi aksiyalari narxining sezilarli darajada oshganidir.
Amazon korporatsiyasi rahbari Jyeff Bezos oxirgi ikki oy ichida aksiyalari qiymati o‘sishi ortidan 29,9 mlrd dollar ishlab oldi. Uning boyligi miqdori 146,9 mlrd dollarga yetdi. U jahonning eng badavlat kishisi bo‘lib turibdi.
Microsoft asoschilaridan biri Bill Geytsning boyligi 11,9 mlrd dollarga ko‘payib, 106,5 mlrd dollarga yetdi. LVMH (Louis Vuitton Moet Hennessy) kompaniyalar guruhi bosh direktori Bernar Arnoning aktivlari 12,8 mlrd dollarga o‘sib, 94,1 mlrd, Berkshire Hathaway investitsion fondi rahbari Uorren Baffetning boyligi esa 6 mlrd dollarga o‘sib, 69,2 mlrd dollarni tashkil etdi.
Oracle korporatsiyasi asoschilaridan biri Larri Ellisonning boyligi 10,4 mlrd dollarga ko‘payib, 66,4 mlrd dollarga, Microsoft sobiq rahbari Stiv Balmerning boyligi 14 mlrd dollarga ko‘payib, 65,4 mlrd dollarga, Google asoschilaridan biri Larri Peyjning boyligi esa 14,2 mlrd dollarga oshib, 63,6 mlrd dollarga yetdi.
Nashrning yozishicha, pandemiya sharoitidan aholining daromadi kamaygan. Masalan, AQShda mart o‘rtalaridan beri 39 mln kishi ishsizlik bo‘yicha nafaqa so‘rab murojaat qilgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nemislarning deyarli yarmi hukumat faoliyatidan norozi
Jahon | 08:22
-
Egasiz ko‘chmas mol-mulkni davlat mulkiga o‘tkazish tartibi tasdiqlanadi
Ko‘chmas mulk | 07:55
-
Germaniya IIV Rossiya fuqarolariga gumvizalar berish to‘xtatilganini tasdiqladi
Jahon | 07:53
-
Budjet tashkilotlari pulidan qurilish loyihalarini amalga oshirish tizimi o‘zgaradi
O‘zbekiston | 07:40
Mavzuga oid

20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan

20:42 / 06.10.2024
Forbes eng ko‘p maosh oladigan davlat rahbarlarini e’lon qildi

21:08 / 26.09.2024
«Gazprom» Rossiyaning serdaromad kompaniyalari ro‘yxatidan tushib ketdi

21:34 / 16.09.2024