Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzun navbatlar va 200 yevrolik testlar: Yevropadagi xalqaro aeroportlar karantindan so‘ng qanday ishlaydi?

Foto: Shutterstock
Yevropadagi xalqaro aeroportlar rahbarlari koronavirus sababli joriy etilgan xavfsizlik choralariga rioya qilinishi aeroport va aviakompaniyalarning butunlay yopilishidan kam bo‘lmagan miqdorda moliyaviy zarar keltiradi, deb hisoblamoqda.
Xitrou aeroporti, London
400 kishini (jambo-jyetlar sig‘imi) bir-biridan 2 metr masofada tutib turish bir kilometrlik navbatga olib keladi, deydi Xitrouning Londondagi ofisi rahbari Jon Xolland-Key Bloomberg bilan suhbatda. Ijtimoiy masofalanish aeroportning o‘tkazuvchanlik salohiyatini 20 foizga kamaytiradi.
Xolland-Keyning aytishicha, yo‘lovchilarni terminalga kirishda koronavirusga tekshirish oqilona yo‘l bo‘ladi. U vaksina paydo bo‘lguniga qadar unday tartibda ishlashning imkonsiz, deb hisoblamoqda.
Reyn-Mayn aeroporti, Frankfurt
Frankfurt aeroportida odamlar bir-biridan kamida 1,5 metr masofada bo‘lishlari uchun yuk berish va nazorat-o‘tkazuv punktlari hududi qaytadan loyihalandi. Polga maxsus belgilar chizildi, yuzlab plakat va ekranlar ehtiyot choralari haqida eslatib turadi. Har besh daqiqada bir necha tilda masofalanish qoidalari to‘g‘risida e'lon qilib turiladi.
Qoidalarga rioya qilinishi aeroport xodimlari tomonidan nazorat qilinadi. Butun bino bo‘ylab dezinfeksiyalovchi vositalar joylashtirilgan, xodimlar va mijozlar o‘rtasiga esa plastik to‘siqlar o‘rnatilgan.
Sxipxol aeroporti, Amsterdam
Sxipxolda har ikkinchi ro‘yxatga olish ustuni va samolyotga chiqish yo‘li yopilgan, har bir reysdagi yuklar uchun alohida konveyer lentasi ajratiladi.
Frans-Yozef Shtraus nomidagi aeroport, Myunxen
Myunxen aeroportida niqoblar, gigiyenik salfetkalar va bir martalik qo‘lqoplar sotiladigan avtomat o‘rnatilgan.
Xelsinki-Vantaa aeroporti, Xelsinki
Xelsinki aeroportida niqobi yo‘qlarga niqob beriladi va yo‘lovchilarni kutib olgani kelganlardan o‘z avtomobillarida qolish yoki vaqtincha ishlamayotgan terminalda kutish so‘raladi.
Sharl-de-Goll aeroporti, Parij
Terminallar har kuni kechqurun dezinfeksiya vositalari bilan tozalanadi. Liftga faqat uch kishi kirishi mumkin. Parij aeroporti bir soniyada 16 kishining haroratini o‘lchaydigan Xitoyda ishlab chiqarilgan uskunalarni sinovdan o‘tkazmoqda.
O‘zini noxush his qilgan yo‘lovchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va koronavirusga test topshirishi mumkin.
Vena-Shvexat aeroporti, Vena
Vena aeroportida molekulyar-biologik test topshirgan yo‘lovchilar 14 kunlik karantinga joylashtirilmaydi. Aeroportdan uchib ketayotgan yo‘lovchilar testdan o‘tkaziladi va sog‘lomligini tasdiqlovchi hujjat oladi.
Testdan o‘tish uchun avvaldan buyurtma beriladi, natija uch soatga yaqin vaqt ichida chiqadi. Test topshirish narxi 190 yevroga teng.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025