Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh 5 ta davlatni terrorchilikka qarshi kurashda hamkorlikdan bosh tortishda aybladi
AQSh Eron, Kuba, Shimoliy Koreya, Suriya va Venesuelani terrorchilikka qarshi kurashda AQSh bilan to‘laqonli hamkorlik qilmaslikda aybladi.

Foto: KUN.UZ
Bu haqda Oq uy bayonotida aytilgan.
“Kecha davlat departamenti kongressni Eron, Kuba, Shimoliy Koreya, Suriya va Venesuela qurol eksporti ustidan nazorat haqidagi qonunga muvofiq, 2019 yilda terrorchilikka qarshi kurashda AQSh bilan to‘laqonli hamkorlik qilmagan davlatlar deb belgilanganidan xabardor qildi”, deyilgan hujjatda.
Xabarda ta'kidlanishicha, yuqorida tilga olingan qonun bunday tasnif ostiga tushgan davlatlarga mudofaa mahsulotlari va xizmatlarini sotish va eksport qilishni taqiqlaydi.
Jumladan, AQSh Kubani Kolumbiyaga Milliy ozodlik armiyasi (MOA) vakillarini berishdan bosh tortishda ayblagan. MOA vakillari Kubaga 2017 yilda Kolumbiya hukumati vakillari bilan muzokaralar o‘tkazgani kelishgan. Ushbu tashkilot 2019 yilda Kolumbiya poytaxti Bogotada 22 kishi halok bo‘lishiga olib kelgan politsiya bo‘limini portlatish uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.
AQSh an'anaviy tarzda Eronni dunyoda terrorchilikning eng yirik homiysi deb atab keladi va uni “Hizbulloh” harakati, Falastin va Yaqin Sharqdagi terrorchi guruhlar va tuzilmalarni qo‘llab-quvvatlashda ayblab keladi.
Suriya ham terrorchilarni, jumladan “Hizbulloh”ni qo‘llab-quvvatlashda ayblanadi. Shimoliy Koreya esa 1970 yilda Yaponiyaga qarashli yo‘lovchi samolyotni Shimoliy Koreyaga olib qochgan 4 nafar yaponiyalikni yashirayotgani uchun ushbu ro‘yxatga tushgan.
AQSh avvalroq Venesuela rahbariyatiga Kolumbiya inqilob qurolli kuchlari bilan “og‘ufurushlik va terrorchilikda hamkorlik qilish” ayblovini qo‘ygan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38
Mavzuga oid

20:02
AQSh va Xitoy vakillari BMT Xavfsizlik Kengashida Ukraina bo‘yicha janjallashdi

19:00
Amerika vizasini olish nafaqat qiyin, endi qimmat ham

18:34
AQSh Venesuela prezidenti Maduroni narkokartel rahbari deb atadi

12:56