Buxoroda traktor tirkamasi zovurga ag‘darildi. Ikki kishi voqea joyida vafot etdi
Holat yuzasidan Buxoro viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 12 may kuni soat 13:10larda Buxoro viloyati, Romitan tumani, Qumrabot MFY, Saroy qishlog‘ida fojia yuz berdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 1975 y.t. O.I. “MTZ-80” rusumli traktori bilan “Normurod Niyoz” fermer xo‘jaligi dala hududida, transport vositalari harakati uchun mo‘ljallanmagan cho‘l hududidan harakatlanib ketayotgan vaqtda, yomg‘ir yog‘ib, hudud loy bo‘lganligi sababli traktor tirkamasi sirpanib, zovurga ag‘darilgan.

Natijada, tirkama ustida bo‘lgan fuqarolar, 1987 y.t. Sh.P. (ayol), 1986 y.t. O.I. (ayol) voqea joyida vafot etib, 1982 y.t. F.J. (ayol) tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

12:06 / 11.02.2025
Xonadonida sher bolasini noqonuniy saqlab kelgan fuqaro aniqlandi

15:14 / 11.06.2024
Valuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi

11:49 / 24.05.2024
Tadbirkorning traktorini 240 mln so‘mga sotib yuborgan ishchi aniqlandi

10:22 / 15.02.2024