Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada koronavirusni laboratoriya sharoitida yenga olgan antitana yaratildi
Yevropalik olimlar koronavirusni laboratoriya sharoitida yenga oluvchi monoklon antitana yaratishdi.

Foto: Kena Betancur / Getty Images
Bu haqda Nature Communications nashrida chop etilgan tadqiqotda ma'lum qilindi.
Olimlar inson immun hujayralari ishlab chiqaruvchi oqsillarga o‘xshash tajribaviy antitanani olishga muvaffaq bo‘lishgan. Bunday antitanalar patogenning muayyan qismini tanib, aynan unga ta'sir qiladi.
Utrext universitetida niderlandiyalik va nemis olimlari o‘tkazgan tadqiqotda ta'kidlanishicha, yangi ishlanmani hozircha dorilar ishlab chiqarishda qo‘llab bo‘lmaydi, chunki uni avval hayvonlar va odamlarda sinovdan o‘tkazish lozim. Biroq kelgusida ishlanma nafaqat koronavirusga chalinishning oldini olishi yoki unga chalinganlarni davolashi, balki koronavirus bilan bog‘liq yoki u chaqiruvchi kasalliklarni yenga olishi mumkin.
47D11 deb nomlangan ushbu antitana koronavirusga toj ko‘rinishini beruvchi va unga inson hujayralariga kirishga imkon beruvchi nayzasimon oqsiliga ta'sir qiladi. Tajribalar davomida antitana nafaqat koronavirusni, balki undan avvalroq paydo bo‘lgan “o‘tmishdoshi” va SARS kasalligini keltirib chiqargan koronavirusni ham yenga olgan.
Olimlar tajribalar davomida koronavirusning oqsiliga turli antitanalarni ishlab chiqish uchun genetik modifikatsiya qilingan sichqonlardan foydalanishgan. Skriningdan keyin 47D11 antitanasi virusni neytrallovchi faollik namoyon qilgani aniqlangan. Shundan keyin olimlar bu antitananing inson uchun versiyasini yaratish uchun uni o‘zgartirishgan.
Olimlarning ta'kidlashicha, yuqoridagi natijalar klinik sharoitlarda ham tasdiqlanishini ko‘rish hamda antitana virusni qanchalik yenga olishi borasidagi xulosa qanchalik to‘g‘ri ekanini bilish uchun qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish zarur.
Aprel o‘rtalarida Sietldagi Allergik va yuqumli kasalliklar milliy instituti olimlari koronavirusga qarshi tajribaviy vaksinani yaratishgandi. U mRNK-1273 deb nomlangan. Avval u hayvonlarda sinab ko‘rilgan va natijalar yaxshi chiqqach, uni odamlarda sinab ko‘rishga qaror qilingan.
Sinov uchun 45 ko‘ngilli tanlab olingan. Har bir sinaluvchiga vaksinaning muayyan bir hajmdagi dozasini 28 kun oraliq bilan ikki marta kiritishga qaror qilingan. Kiritilgan dozalar turlicha hajmda bo‘lgan (25, 100 va 150 mkg). Sinaluvchilar sog‘lig‘i ortidan 2021 yil bahorigacha kuzatuv olib boriladi.
Vaksina birinchi bo‘lib sinalgan amerikalik Jyennifer Xaller vaksina kiritilgandan keyin nimani his qilgani haqida so‘zlab bergan. 44 yoshli ayolning aytishicha, vaksina uning chap yelkasiga kiritilgan. Bu jarayon bir necha soniyagina davom etgan. “Birinchi kun menda biroz harorat ko‘tarildi. 2-kun qo‘lim qattiq og‘ridi. Shu bilan hammasi o‘tib ketdi”, deb ma'lum qilgandi ayol. Uning ta'kidlashicha, koronavirusdan vaksina kiritilishi grippdan vaksina kiritishga o‘xshash bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyada zilzila, Tel-Avivda miting va kelishuvdan norozi Eron - kun dayjesti
Jahon | 13:26
-
Moskvada «ArBat» batalyoni asoschisi xudkush tomonidan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 13:10
-
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi
Ta’lim | 12:15
-
Pora bilan ushlangan MIB xodimi 6 yilga qamaldi
Jamiyat | 12:13
Mavzuga oid

15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi

21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025