Jizzaxda shamol elektr stansiyalari qurilishi mumkin
Jizzax viloyatida shamol elektr stansiyalarini tashkil etish taklifi berildi

Foto: KUN.UZ
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Jizzax viloyatida shamol elektr stansiyalarini tashkil etish haqida petitsiya e'lon qilindi.
Qayd etilishicha, shamol energiyasi muqobil energetika sohasining jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Eng samarali ish uchun maxsus ishlab chiqilgan katta turbinali vositalar uylar, ofislar, sanoat binolari va transport tizimi uchun energiya manbaini hosil qilish imkonini beradi.
Shamol elektr stansiyasidan, ko‘pincha, shamol oqimining o‘rtacha yillik tezligi yuqori (5 m/sek dan katta) bo‘lgan elektr energiyasi manbai sifatida foydalaniladi. Shamol elektr stansiyasida 8 kVt dan 1,2 mVt gacha quvvatli elektr energiyasini hosil qilish mumkin.
“Aynan yuqorida zikr etilgan shamol tezligi bizda Jizzax viloyati Forish tumanida bundan ancha baland. Shu sababli, Forish tumanida shamol elektr stansiyasining qurilishi yaxshi samara beradi. Bir yilda 300 kun davomida shamol esib turadi. Shamol tezligi 10-15 m/sek atrofida bo‘ladi. Bu iqlim muqobil energiya uchun yetarli deb hisoblayman”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Jizzax viloyatida shamol elektr stansiyalarini tashkil etish taklif qilingan.
Mavzuga oid

16:47 / 24.01.2025
Toshkent propiskasi tarixga aylanadi: fuqarolar turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda onlayn murojaat qilish imkoni yaratilmoqda

10:03 / 02.09.2024
“Xalq nazorati” portali orqali qilingan murojaatlar soni 45 mingdan oshdi

17:55 / 28.08.2024
Ko‘p kvartirali uylarning boshqaruvchilari sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi

08:34 / 16.05.2024