Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bahrom Almatov: O‘zbekistonda shu kungacha 102 mingga yaqin test sinovlari o‘tkazildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi rahbari Bahrom Almatov COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi bo‘yicha 2020 yil 13 aprel soat 15.30 holatiga oid ma'lumotlarni taqdim etdi.

Foto: KUN.UZ
Ayni vaqtga kelib dunyoning 210 ga yaqin davlatida 1 862 000 nafar bemorlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan, ulardan 431 000 nafari sog‘aygan, 115 000 nafari vafot etgan, 51 000 ga yaqin bemorlar og‘ir ahvolda qolmoqda.
Oxirgi bir sutka davomida (12.04.2020) dunyo bo‘ylab 72 500ta yangi kasallanish holati qayd etilib, 5 400 nafar bemorlar ushbu kasallikdan vafot etdi.
Kunlik o‘sishning eng yuqori ko‘rsatkichlari AQSh (+27 421), Buyuk Britaniya (+5 288), Turkiya (4 789) va Italiya (4 092) davlatlarida kuzatildi.
13 aprel soat 16.00 holatiga O‘zbekiston Respublikasida 896 nafar bemorda koronavirus infeksiyasi qayd etildi, 66 nafar bemorlar butunlay sog‘aydi, 4 nafar bemorlar ushbu kasallikdan vafot etdi.
Kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar bo‘yicha epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda. Ushbu tadbirlarga Sanitariya-epidemiologiya xizmatining 20 mingga yaqin xodimlari jalb qilingan. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning joylardagi markazlari tunu-kun faoliyat ko‘rsatmoqda, ularning foliyati Agentlikning markaziy shtabi orqali muvofiqlashtirib borilmoqda.
Shuningdek, kasallikni keng tarqalishini oldini olish va bemorlarni samarali davolash maqsadida xorijiy ekspertlar bilan muntazam ma'lumot almashinish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ularning tajribasi o‘rganilib, amaliyotga joriy etilmoqda.
Yana bir muhim masala – epidemiologiyaning qonuniyatiga ko‘ra, boshqa davlatlardagi kasallanish dinamikasini kuzatadigan bo‘lsak, virus yuqib, tarqalib, o‘sishi davom etadi. Har bir davlat tibbiyotining oldida turgan masala – kasallanishning keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik. Qaysi mamlakatda kasallikni aniqlash jarayonlari tez amalga oshsa, izolyatsiya qilinsa, shifoxonaga joylansa va davolansa, bu yerda yaxshi natijalarga erishiladi, keng tarqalishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bugungi kunda barcha karantin zonalarimizda, aholimizning xavf guruhlari ichida laboratoriya tekshiruvlarini kuchaytirganmiz. Virusologik laboratoriyalarda test sistemalar zahirasi yaratilgan, 24 soatlik ish rejimi asosida PsR tahlillari olib borilmoqda. Respublikamizdagi mavjud virusologik laboratoriyalarda kechaning o‘zida biz 8 mingdan ortiq, shu vaqtgacha 102 mingga yaqin test sinovlarini o‘tkazdik. Oxirgi sutkada 98 ta holatda kasallikni aniqladik.
Bugungi kunda epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 80 324 nafar fuqaro salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda. Ulardan, 57 621 nafar fuqarolar uy sharoitida, 22 703 nafar fuqarolar statsionar sharoitda karantinga olingan. Karantin muassasalariga malakali epidemiologlar va boshqa tor soha mutaxassislari jalb qilingan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Ukrainaga ayrim turdagi qurollarni yetkazib berishni qayta tikladi
Jahon | 13:37
-
Maxtumquli ko‘chasida yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi
Jamiyat | 13:31
-
4 gektar bo‘sh yer maydonini 420 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Jamiyat | 13:27
-
AQSh Isroilning asosiy tanqidchisi - Francheska Albanezeni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi
Jahon | 12:46
Mavzuga oid

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025