Tashqi ishlar vazirligida hujjatlarni qog‘oz ko‘rinishida qabul qilish to‘xtatilmoqda
Bu vaqtincha cheklov choralari kiritilishi munosabati bilan hamda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda

Foto: TIV axborot xizmati
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida hujjatlarni qog‘oz ko‘rinishida qabul qilish to‘xtatilmoqda. Bu haqda vazirlik xabarida aytilgan.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2020 yil 27 martdan boshlab qog‘oz ko‘rinishidagi hujjatlarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatadi.
Bu vaqtincha cheklov choralari kiritilishi munosabati bilan hamda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.
Xat va murojaatlarni info@mfa.uz elektron manziliga yuborish so‘ralgan.
Mavzuga oid

17:15 / 07.11.2022
O‘zbekiston Rossiyadan 106,7 tonna qog‘oz sotib oldi

07:31 / 04.08.2022
Tashqi ishlar vazirligida yangi tayinlov amalga oshirildi

08:43 / 30.06.2022
Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida yangi boshqarma tashkil etildi

12:37 / 21.06.2022