Audi va Volkswagen koronavirus sababli o‘z logotipini vaqtincha o‘zgartirishga qaror qildi
Audi va Volkswagen avtomobil brendlari koronavirus epidemiyasi vaqtida odamlarni bir-biridan masofa saqlashga undash maqsadida o‘z logotiplarini o‘zgartirishga qaror qildi.
Bu haqda Car and Driver nashri yozdi. Kompaniyalar o‘zgartirilgan logotiplari aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e'lon qilgan.
Audi’ning yangi logotipida odatdagi bir-biriga tutashib ketgan 4 halqa bir-biridan ajratib tasvirlangan. Kompaniyada eng muhim narsa sog‘liq ekani eslatib o‘tilgan.
Volkswagen emblemasida ham V va W harflari orasida masofa paydo bo‘lgan.
Kompaniyalar shunday antiqa yo‘l bilan koronavirus epidemiyasi vaqtida o‘zaro masofa saqlash lozimligini yana bir bor eslatib qo‘yishga qaror qilgan.
Ayni vaqtda virusning tarqalishi oldini olish uchun odamlar 1,5-2 metr masofa saqlashlari kerakligi ta'kidlab kelinmoqda.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi
Jahon | 00:25
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
-
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi
Jahon | 23:21 / 13.06.2025
-
Erondagi masjid uzra qizil «qasos bayrog‘i» ko‘tarildi
Jahon | 23:12 / 13.06.2025
Mavzuga oid

17:48 / 12.06.2025
O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillari ishlab chiqariladi

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025
SSV: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror

17:25 / 29.05.2025