Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus tufayli O‘zbekistondagi qator sohalarga «soliq ta'tillari» beriladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga muvofiq, maxsus ishchi guruh turizm, transport, farmatsevtika va yengil sanoat kabi sohalarga soliq ta'tillari berish, kreditlarni qaytarish muddatini kechiktirish, kechiktirilgan tashqi qarzdorlik uchun jarima qo‘llamaslik tartibini joriy qilish choralarini ko‘rmoqda. Bu haqda prezidentning koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha xalqqa murojaatida aytib o‘tilgan.

«Hukumat qiyin ahvolga tushishi mumkin bo‘lgan soha va tarmoqlarni, yirik korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, amalga oshirishi zarur.
Bu jarayonda, avvalo, moliya va xomashyo bozorida beqarorlik yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Ikkinchidan, moliyaviy barqarorlikni saqlash hamda bozorlarda narx-navo o‘sishining oldini olish zarur.
Uchinchidan, iqtisodiyotimizning bazaviy va hal qiluvchi tarmoqlari uzluksiz ishlashini saqlab qolish kerak.
Buning uchun har bir tarmoq, korxona va hudud kesimida manzilli va aniq tadbirlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi.
To‘rtinchidan, markazdan hududiy budjetlarni va aholimizni qo‘llab-quvvatlash asosiy vazifalarimiz bo‘lishi shart», degan prezident.
Davlat rahbari O‘zbekiston hukumati koronavirusga qarshi kurash faoliyatini oshkoralik tamoyillari asosida olib borayotganini ta'kidlagan.
«Jahon jamoatchiligini ham, xalqimizni ham vaqtida xabardor etib boryapmiz. Kerakli choralarni yanada kuchaytiramiz», degan Shavkat Mirziyoyev.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namanganda ikki o‘smir kanalda cho‘kib ketdi
O‘zbekiston | 15:15
-
YeK: Kiyev korrupsiyaga qarshi organlar mustaqilligini saqlashi kerak
Jahon | 15:12
-
Sheremetevoda yana kollaps yuzaga keldi. 50 ga yaqin reys bekor qilingan
Jahon | 14:52
-
Xitoy O‘zbekistondagi universitetga salkam 2 mln dollarlik ta’lim granti ajratdi
Ta’lim | 14:48
Mavzuga oid

11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti

21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi

09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi

19:48 / 29.04.2024