O‘zbekiston bo‘ylab «Yashil Vatanim» aksiyasi davom etmoqda
Respublikada ekologiyani yaxshilash, daraxtlar sonini ko‘paytirish natijasida atmosfera havosini tozalash va ekologik muammolarni bartaraf qilish maqsadida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Shunday loyihalardan biri “Meros” jamoat fondi tomonidan ishlab chiqilgan “Yashil Vatanim” loyihasidir.

Bu aksiya Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, davlatda ekologik farovonlikni ta'minlashga amaliy hissa qo‘shadigan ijtimoiy ahamiyatga ega ekologik loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga va amalga oshirishga qaratilgan.
Bu tadbirga 4 mart kuni start berilgan bo‘lib, hozirgi kungacha Buxoro, Samarqand, Jizzax, Guliston, Qarshi, Termiz, Farg‘ona, Qo‘qon, Mo‘ynoq, Urganch, Navoiy shaharlari va boshqa 14 mintaqada daraxt ekish aksiyalari o‘tkazilib kelinmoqda. Xususan bugun, 14 mart kuni ham Toshkent shahridagi Chilonzor, Shayxontohur, Olmazor tumanlarida “Har bir fuqaroga - bir daraxt” aksiyasi o‘tkazildi. Aksiya davomida tumanlardagi mahalla, maktab, ko‘p qavatli uylarning hovlisi va boshqa tashkilotlarning yon-atrofida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Loyihaning birinchi bosqichini jurnalistlar, o‘zbek xonandalari, sportchilar, rassomlar va boshqa xalq orasida tanilgan insonlar boshlab berishdi. Tadbirning so‘ngi kuni joriy yilning 15 mart kuni hisoblanib, Toshkent shahrining Sergeli tumanida yakunlanishi ko‘zda tutilgan. Ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish uchun mahalliy xonandalar tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vaqtinchalik ro‘yxatda turgan fuqarolarning farzandlarini maktabga qabul qilishda cheklovlar mavjud emas – MMTV
O‘zbekiston | 19:00
-
SEVEN DATES PREMIUM: inqilobiy Italiya sog‘liq uchun ichimligi MDH bozorida
Jamiyat | 19:00
-
Toshkentda yuk mashinasi avtobus bekatiga borib urildi
O‘zbekiston | 18:43
-
AQShda noqonuniy migrantlar saqlanadigan «izolyator»lar soni salkam 60 taga oshdi
Jahon | 18:42
Mavzuga oid

21:51 / 11.04.2025
Toshkent shahrida 12-13 aprel kunlari keng ko‘lamli hashar o‘tkaziladi

08:23 / 20.08.2024
O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

17:05 / 07.03.2024
O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

19:39 / 10.03.2023