Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Si Tszinpin koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahriga keldi
Xitoy raisi Si Tszinpin koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahriga epidemiya boshlangandan keyin birinchi marta tashrif buyurdi. U shaharga mahalliy hokimiyat epidemiyaga qarshi qanday kurashayotganini tekshirish maqsadida kelgan.

Foto: AP
Xitoy yetakchisi tibbiy niqobda shaharning deyarli kimsasiz ko‘chalari bo‘ylab yurib o‘tgan. Aholiga hamon o‘z uylarini tark etish taqiqlangan. Biroq xitoyliklar uylari balkonlariga chiqib, Si Tszinpinni qutlashgan. Xitoy raisi ham bunga javoban odamlarga qo‘lini silkitib qo‘ygan.

Xitoy yetakchisi koronavirusga chalinganlar uchun maxsus qurilgan Xoshenshan shifoxonasida bo‘lib, u yerda oyna ortidan shifokorlar va bemorlar bilan suhbatlashgan. Si Tszinpin epidemiya yaqin orada tugashini aytib, ularning ko‘nglini ko‘targan.
Si Tszinpinning Uxanga kelishi ortida shaharda koronavirusga chalinganlar uchun tashkillashtirilgan 14 ta vaqtinchalik gospitalning barchasi epidemiologik vaziyat yaxshilangani va kasallar kamaygani sababli yopilgani e'lon qilindi. Koronavirusdan sog‘ayib ketgan oxirgi 49 kishiga uylariga ketishga ruxsat berilgan.
Uxan joylashgan Xubey provinsiyasi ma'muriyati aholining harakatlanishiga taqiqlovni yaqin orada olib tashlashni rejalashtirmoqda.
Epidemiya boshidan beri Xubeyda 67760 ta, jumladan Uxanda 49965 ta kasallanish holati qayd qilingan. Kasallikka yo‘liqqanlardan 47585 nafari sog‘ayib ketgan, 3024 kishi (Uxanda 2404 kishi) vafot etgan. Ayni vaqtda provinsiyada 17151 kishi shifoxonalarda qolmoqda.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Rossiya Zaporijjyadagi koloniyaga zarba berdi
Jahon | 20:05
-
4 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:58
-
“Bir oyda ikki marta kelishi kerak, ikki oyda bir marta kelyapti” – joylarda chiqindi tashish qanday ishlamoqda?
O‘zbekiston | 18:57
Mavzuga oid

21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025