Tramp fond bozorlarining tushib ketishiga Rossiya va Saudiya Arabistoni sababchi bo‘lganini aytdi
Juma kuni Rossiya va OPeK 2016 yildan buyon neft narxini bir maromda ushlab turgan neft qazib olish hajmi bo‘yicha bitimni bekor qildi. Shundan keyin Saudiya Arabistoni o‘z neftiga chegirmalar joriy etdi va neft qazib olish hajmini oshirishini e'lon qildi.

Foto: John Moore/Getty Images
Tramp Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi ziddiyat hamda yolg‘on xabarlar fond bozorlarining tushib ketishiga sababchi bo‘lganini aytdi.
«Saudiya Arabistoni bilan Rossiya neft narxi va qazib olish hajmi borasida bahslashmoqda. Bu va feyknyus fond bozorining tushib ketishiga sabab bo‘ldi», — deb yozdi Tramp tvitterda.
Juma kuni Rossiya va OPeK 2016 yildan buyon neft narxini bir maromda ushlab turgan neft qazib olish hajmi bo‘yicha bitimni bekor qildi. Shundan keyin Saudiya Arabistoni narx urushini boshladi: o‘z neftiga chegirmalar joriy etdi va neft qazib olish hajmini oshirishini e'lon qildi.
Dushanba kuni Brent nefti narxi 30 foizga tushib ketdi. Xalqaro bozorda dollar narxi 75 rubldan, yevro narxi 86 rubldan oshdi.
Neft narxi tushishi ortidan fond indekslari pasaya boshladi.
Taniqli iqtisodchi Yuliy Yusupov neft narxi pasayishda davom etsa, O‘zbekiston milliy valutasi so‘m qadrsizlanishi mumkinligini taxmin qildi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025
Mavzuga oid

12:18 / 22.04.2025
Tramp Markaziy bank rahbarini tanqid qilgach, AQSh fond bozori quladi

21:00 / 17.04.2025
Tesla aksiyalari xavotirli ko‘rsatkichgacha pasaydi

21:31 / 04.04.2025
Xitoyning AQSh bojlariga javobi fond bozorlaridagi pasayishni davom ettirdi

22:03 / 03.12.2024