Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona davlat universiteti prorektoriga jinoiy ish ochildi
Farg‘ona davlat universiteti prorektori P.P. (ismi sharifi shartli o‘zgartirilgan) 2019-2020 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari vaqtida 18 nafar abituriyentni o‘qishga olib kirgani aniqlandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov Farg‘ona viloyatidagi oliy o‘quv yurti prorektori tomonidan sodir etilgan jinoyat fosh etilgani to‘g‘risida xabar berdi.
«Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan Farg‘ona davlat universitetida kirish imtihonlari natijalari soxtalashtirilgani holati yuzasidan JKning 228-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Tergovda aniqlanishicha, Farg‘ona davlat universiteti prorektori P.P. (ismi sharifi shartli o‘zgartirilgan) 2019-2020 o‘quv yili uchun «Jismoniy madaniyat» imtihon komissiyasining mas'ul kotibi etib tayinlanib, 2019 yil iyul oyida o‘tkazilgan «Jismoniy madaniyat» fakultetiga kirish imtihonlari jarayonida komissiyaning boshqa a'zolari bilan jami 18 nafar abituriyentning imtihon natijalarini sun'iy ravishda oshirib ko‘rsatib, soxtalashtirishi natijasida ushbu abituriyentlar oliy ta'lim muassasiga o‘qishga qabul qilingan», deyiladi xabarda.
2020 yilning 4 martida shahar prokuraturasi tomonidan universitet prorektoriga nisbatan JKning 205-moddasi 1-qismi va 209-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan ayb e'lon qilingan.
Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
“Ish qilishga kuchim yo‘q”: quvvatsizlik oddiy charchoqmi yoki jiddiy signal?
Sog‘lom hayot | 16:45 / 29.07.2025
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy AQSh tahdidiga qaramay, Rossiya neftini sotib olishdan voz kechmadi
Jahon | 23:46 / 30.07.2025
-
Turkiyada migrantlarning noqonuniy bandligiga qarshi choralar kuchaytirildi
Jahon | 23:20 / 30.07.2025
-
Uy quruvchilarining “qora” ro‘yxati, rus ovchilarining o‘ljasi va issiqxonalarga qo‘llov – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:52 / 30.07.2025
-
Nozimaxon Davletova Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti bo‘ldi
O‘zbekiston | 22:27 / 30.07.2025
Mavzuga oid

17:34 / 21.07.2025
Test tugaganidan keyin OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlash tartibi qanday?

19:45 / 30.01.2025
“Hali magistratura, aspiranturada ham o‘qiyman” – 70 yoshida talaba bo‘lgan otaxon

19:00 / 16.03.2024
Farg‘ona davlat universitetida "Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash - bosh maqsadimiz" mavzusida Respublika o‘quv-seminari o‘tkazildi

13:15 / 26.09.2023