Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xokkey afsonalariga Toshkentdan yangi xonadonlarning kaliti topshirildi
Sir emaski, bugungi kunda xalqimiz salomatligini mustahkamlash, aholining turli qatlamlari orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Shu bilan birga, professional sportdagi g‘alabalarimiz salmog‘ini oshirish ham ustuvor vazifalardan biriga aylangan. Bu jarayonda nafaqat Olimpiya va milliy, balki qishki sport turlari, xususan xokkeyni yanada rivojlantirish va ommalashtirishga jiddiy ahamiyat berilmoqda.
Shu maqsadda o‘tgan yili ilk marotaba xokkey bo‘yicha tarixiy birinchi O‘zbekiston chempionati zo‘r muvaffaqiyat bilan tashkil etildi. Toshkentda «Humo Arena» ko‘p tarmoqli muz saroyining barpo etilishi esa ushbu sport turi taraqqiyotida muhim jarayon bo‘ldi. Joriy mavsumdan boshlab «Humo» xokkey klubi Oliy xokkey ligasi bahslarida ishtirok etib kelmoqda. Garchi nufuzli musobaqada o‘zining ilk mavsumini o‘tkazayotgan bo‘lishiga qaramay poytaxt jamoasi amalda muntazam chempionatning pley-off bosqichiga yo‘llanmani naqd qilib qo‘ydi.
«O‘zbekiston Respublikasida qishki sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Qarori esa mamlakatimizda qishki sport turlarini rivojlantirishda yangi davrni boshlab beradi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mazkur qarorning muhim bandlaridan biri – qishki sport turlari bo‘yicha chet eldan taklif qilinayotgan mutaxassislarning xizmat uylari bilan ta'minlanishidir. Bu esa xorijlik malakali trener va mutaxassislarni yurtimizga jalb etishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Darvoqe, «Humo Arena» ko‘p tarmoqli muz saroyining ochilish marosimida ishtirok etgan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ushbu tadbirga mehmon sifatida tashrif buyurishgan rossiyalik xokkey yulduzlariga poytaxtimizdan uy-joy berishni, toki «ular Toshkentga mehmon bo‘lib emas, balki o‘z uyiga kelgandek bo‘lishsin», degan taklifni bergandi.
Shu munosabat bilan bugun poytaxtimizdagi Dream City kompaniyasi ofisida tadbir o‘tkazildi. Unga nafaqat rus, balki dunyo xokkey afsonalari ham taklif etilgandi. Tadbirda Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Sharof Rahmonov ham ishtirok etdi va dastlabki uyning kalitini ikki karra Olimpiya chempioni, ko‘p karra Yevropa va jahon chempioni Aleksandr Yakushevga topshirdi.
So‘ngra Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Hamidullayyevich Nabiyev ham so‘zga chiqib, rus xokkeyi afsonalarini yana bir bora yurtimizda ko‘rib turganidan mamnunligini ta'kidladi. Qolaversa, bugungi marosimdan keyin bu xokkey yulduzlari yurtimizga tez-tez kelib turishi va o‘z bilimlarini yoshlar bilan o‘rtoqlashishi, bu esa mamlakatimizda xokkey sportining jadal rivojlanishiga xizmat qilishini aytib o‘tdi. O‘z navbatida Dilmurod Nabiyev Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, «Stenli kubogi» sohibi va uch karra jahon chempioni Valeriy Kamenskiyga yangi uyning kalitini taqdim etdi.
Shuningdek, tadbirda xokkey afsonalari Aleksey Jamnov va Vitaliy Proxorovlarga ham Toshkentdagi ko‘rkam uylardan taqdim etildi. Marosimda so‘zga chiqqan V.Kamenskiy bu ehtiromdan boshi ko‘kka yetgani va bunday voqea uning hayotida ilk marotaba kuzatilganini ta'kidlab, buning uchun hukumatimizdan minnatdor ekanini bildirdi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

08:50 / 31.05.2024
Toshkentda muz saroyini o‘z ichiga oluvchi Xokkey sport majmuasi quriladi

18:34 / 29.05.2024
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionatida ishtirok etadi

22:47 / 30.04.2024
O‘zbekiston yosh xokkeychilari Osiyo va Okeaniya chempioni bo‘ldi

13:30 / 19.03.2023