Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShni “xakerlar imperiyasi” deb atadi
Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Gen Shuan AQShni dunyo kiberhududidagi eng yirik ayg‘oqchi va “xakerlar imperiyasi” deb atash mumkinligini aytdi.

Xitoy vakili onlayn-brifingda OAVda AQSh va Germaniya maxsus xizmatlari Shveytsariyaning Crypto AG kompaniyasi niqobi ostida o‘tkazgan katta ko‘lamli ayg‘oqchilik faoliyati haqidagi xabarlarga shunday izoh berdi.
“Faktlar AQSh xalqaro kiberhududa eng yirik ayg‘oqchi davlat va tom ma'noda xakerlar imperiyasi ekanligini navbatdagi marta isbotladi. Ularning yashirincha tinglashlari o‘zboshimchalik va qonunga amal qilmaslik darajasiga yetdi”, deb aytgan diplomat.
“Ular har kuni butun dunyo bo‘ylab 5 mlrd telefon qo‘ng‘irog‘ini eshitadi, 10 yildan ko‘proq vaqtdan beri Germaniya kansleri Angela Merkel telefonini tinglab keladi, har yil Xitoydagi 3 mlnta kompyuter ustidan nazoratni egallab oladi va 3,6 mingdan ko‘proq saytiga troyan dasturlarini kiritadi. Shu bilan birga ular o‘zlarini kiberhujumlar qurboni qilib ko‘rsatadi, o‘g‘ri “o‘g‘rini ushla” deb baqirgani kabi tomosha ko‘rsatadi. Bu ahmoqona va tuturuqsiz nayranglardan bo‘lak narsa emas”, deb qo‘shimcha qilgan Gen Shuan.
“Esqi qarzlarni yopmasdan, yangilariga botadi. AQSh hali WikiLeaks va Snouden ishi bo‘yicha jahon oldidagi qarzini uzishi kerak”, deb o‘z so‘zlarini yakunlagan xitoylik diplomat.
Shveytsariya televideniyesining “Rundshau” dasturi, Germaniyaning ZDF telekompaniyasi va The Washington Post nashri o‘tkazgan jurnalistik tergov natijalariga ko‘ra, AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi va Germaniyaning razvedka xizmati BND 1971 yilda Shveytsariyada joylashgan Crypto AG kompaniyasini sotib olgani aniqlangan. O‘sha vaqtlarda kompaniya maxfiy axborotni shifrlash uchun mo‘ljallangan qurilmalarni ishlab chiqarish sohasida yetakchilardan biri bo‘lgan. Aslida esa kompaniya qurilmalari AQSh va Germaniya maxsus xizmatlari ular orqali jo‘natiladigan axborotni o‘qiy oladigan qilib ishlangan bo‘lgan.
AQSh va Germaniyaning ushbu razvedka faoliyati umumiy hisobda 100dan ko‘proq davlat, jumladan Misr, Liviya, Eron, Argentina va Saudiya Arabistonini qamrab olgan. Shveytsariyaning neytral davlat ekanligi hisobiga kompaniya qurilmalariga talab katta bo‘lgan. “Rundshau” dasturida, shuningdek, Shveytsariyaning yuqori darajadagi harbiy razvedkasi Germaniya va AQShning bu kirdikorlaridan xabardor bo‘lgani ta'kidlab o‘tilgan.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
«Kiberpartizany»: «Aeroflot» tizimi himoyasi «zaif» edi
Jahon | 09:59
-
Samarqandda 34 yoshli ayol eri tomonidan o‘ldirib ketildi
Jamiyat | 09:49
-
Sanksiyalar ostida bo‘lgan Matviyenko Jyenevada nutq so‘zladi
Jahon | 09:26
Mavzuga oid

08:12
Yevroittifoq AQSh avtomobillari uchun bojlar bekor qilinishini tasdiqladi

23:14 / 29.07.2025
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi

22:56 / 29.07.2025
Tramp qanday shartlarda Xitoyga borishi mumkinligini aytdi

16:17 / 29.07.2025