1 martdan boshlab nazorat ostidagilarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi - Hukumat qarori
Probatsiya xizmati faoliyatining mexanizmlarini takomillashtirish, nazorat ostidagilarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish tartibini joriy etish zarurati yuzaga kelmoqda

Foto: Shutterstock
Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2020 yil 1 martdan boshlab nazorat ostidagilarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi.
Ichki ishlar vazirligi:
a) 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish institutida Probatsiya xizmati xodimlari malakasini oshirish tizimini yo‘lga qo‘yadi;
b) Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi bilan birgalikda probatsiya faoliyatiga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilaydi;
v) ikki oy muddatda probatsiya bo‘linmalari xodimlarini Probatsiya xizmatini rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga rag‘batlantirish tartibini tasdiqlaydi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Ichki ishlar vazirligining murojaatiga asosan belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari mablag‘lari hisobiga probatsiya bo‘linmalarining yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘iga ulanishini ta'minlaydi.
Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bir oy muddatda yuridik yo‘nalishdagi oliy ta'lim muassasalari ta'lim dasturlariga nazorat ostidagilarning ijtimoiy-psixologik portretini o‘rganish bo‘yicha maxsus mavzular kiritilishini ta'minlaydi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda tegishli oliy ta'lim muassasalarida psixologiya yo‘nalish bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning probatsiya bo‘linmalarida amaliyot o‘tashini yo‘lga qo‘yadi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bu darhol tinchlikka olib keladigan suhbat emas – Tramp Putin bilan yana gaplashganini aytdi
Jahon | 22:24
-
Hammasi o‘z qo‘limizda, ertaga g‘alaba qozonishimiz shart – Timur Kapadze
Sport | 22:02
-
Rossiyada migrantlar uchun ijtimoiy pensiyalarni bekor qilish taklif etildi
Jahon | 21:56
-
Yaponiyalik olimlar barcha guruhlarga mos keladigan qonni ishlab chiqdi
Jahon | 21:43
Mavzuga oid

14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi

10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi

13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi

13:31 / 29.04.2025