Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2020 yilda kamida 500 mingta doimiy ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda
2020 yil O‘zbekistonda kamida yarim millionta doimiy ish o‘rni yaratish mo‘ljallanyapti. Bu haqda joriy yilgi davlat dasturi loyihasida aytib o‘tilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Loyihaga ko‘ra, 500 mingta doimiy ish o‘rni investitsiya dasturi, sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va boshqa yo‘nalishdagi yangi yirik va kichik loyihalarni tashkil etish va mavjudlarini kengaytirish hisobiga yaratilishi reja qilingan.
Dekabr oyida muhokamaga chiqarilgan prezident qarori loyihasida 2020 yilda 382 ming doimiy yangi ish o‘rnini tashkil etish prognoz qilingan edi.
Keyinroq, yanvar oyida prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida yiliga kamida 500 mingta yangi ish o‘rni ochish vazifasini qo‘ygandi.
Davlat dasturi loyihasida, shuningdek:
- 264 ming ishsiz shaxsni bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish;
- 40 ming shaxsni mehnat bozorining real ehtiyojidan kelib chiqib, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
- 50 ming o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni vaqtinchalik mehnat guvohnomasi bilan ta'minlash;
- 30 ming ishsiz aholining bandligini ta'minlash maqsadida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan subsidiya va grantlar ajratish nazarda tutilmoqda.
Tavsiya etamiz
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
“Ish qilishga kuchim yo‘q”: quvvatsizlik oddiy charchoqmi yoki jiddiy signal?
Sog‘lom hayot | 16:45 / 29.07.2025
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy AQSh tahdidiga qaramay, Rossiya neftini sotib olishdan voz kechmadi
Jahon | 23:46 / 30.07.2025
-
Turkiyada migrantlarning noqonuniy bandligiga qarshi choralar kuchaytirildi
Jahon | 23:20 / 30.07.2025
-
Uy quruvchilarining “qora” ro‘yxati, rus ovchilarining o‘ljasi va issiqxonalarga qo‘llov – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:52 / 30.07.2025
-
Nozimaxon Davletova Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti bo‘ldi
O‘zbekiston | 22:27 / 30.07.2025
Mavzuga oid

19:31 / 25.07.2025
Kasb egallash uchun internet orqali bepul videodarslar yo‘lga qo‘yiladi

15:11 / 21.07.2025
O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soni 5,5 milliondan oshdi

15:13 / 20.06.2025
«Oyiga 100 ming odamga xizmat qila oladi» – prezident Chiyal dehqon bozoridagi sharoitlarni yaxshilashga ko‘rsatma berdi

21:49 / 21.05.2025